Sooronbay Jeenbekov endi nima ish qilishi ma’lum bo‘ldi

Olam

image

Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti lavozimidan iste’foga chiqqan Sooronbay Jeenbekov oilasiga ko‘proq vaqt ajratishni rejalashtirmoqda va kelajakda ijtimoiy faoliyat bilan shug‘ullanadi. Bu haqda 24.kg nashriga uning Matbuot kotibi Tolgonay Stamaliyeva so‘zlab berdi. 

"Sooronbay Sharipovich Jeenbekov yaqin kelajakda o‘z oilasi va yaqinlariga vaqt ajratishni rejalashtirmoqda. Kelajakda sobiq davlat rahbari jamoat ishlari bilan shug‘ullanmoqchi”, deydi Stamaliyeva.

Uning so‘zlariga ko‘ra, sobiq Prezident "o‘z tajribasidan xalq manfaati uchun foydalanishni" ham maqsad qilgan. 

Jeenbekov kecha, 15 oktyabr kuni Qirg‘iziston Prezidenti lavozimidan ketishini e’lon qildi. Qonunga ko‘ra, parlament spikeri Kanat Isayev davlat rahbari vazifasini bajarishi kerak edi, ammo u buni rad etdi va vakolatlar Prezident vazifasini bajaruvchi bo‘lgan Bosh vazir Sadir Japarovga topshirildi. Isayev aytganidek, sobiq prezident respublikaning sobiq rahbari maqomi tufayli imtiyozlarni saqlab qoladi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 4 oktyabr kuni Qirg‘izistonda navbatdagi parlament saylovlari bo‘lib o‘tdi. Saylovning dastlabki natijasidan norozi partiyalar tarafdorlari Bishkekda norozilik namoyishini boshladi. Keyinroq namoyish tartibsizlikka aylanib ketdi. 

Namoyishchilar avvalo mamlakat parlamenti binosi – Oq uyni egalladi. Bu binoda Prezident Administratsiyasi ham joylashgan. 6 oktyabr ertalab Hukumat binosi ham namoyishchilar qo‘liga o‘tgani ma’lum bo‘ldi.

Bundan tashqari, aksiya ishtirokchilari Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi binosiga bostirib kirib, u yerda saqlanayotgan sobiq Prezident Almazbek Atamboyevni ozod qildi. Shuningdek, siyosiy mahbuslardan sobiq Bosh vazir Sapar Isakov ham qamoqdan chiqarildi. Ozod qilinganlar orasida Bishkek shahrining sobiq meri Albek Ibraimov ham bor.

Namoyishlar avj olgan pallada Markaziy saylov komissiyasi saylov natijalarini tan olmaslik haqida qaror qabul qildi.

Bu orada Jo‘qorg‘u Kenesh spikeri Dastan Jumabekov va mamlakat Bosh vaziri Kubatbek Boronov iste’foga chiqdi. Keyinroq parlamentga Kanat Isayev spiker etib saylandi. Sadir Japarov esa Bosh vazir bo‘ldi


Maqola muallifi

Teglar

Sooronbay Jeenbekov Qirg'izistondagi vaziyat

Baholaganlar

1407

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing