Sirdaryo viloyati IIBga ham yangi boshliq tayinlandi
Jamiyat
−
17 mart
8219Podpolkovnik Farrux Ubaydullayevich Haydarov Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 17 mart kuni Sirdaryo viloyatida Ichki ishlar vaziri Aziz Toshpo‘latov ishtirokida xalq deputatlari viloyat kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tgan. Sessiyada Ichki ishlar vazirining buyrug‘i bilan Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining magistratura bosqichi tinglovchisi, podpolkovnik Farrux Ubaydullayevich Haydarov Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
2022 yilning oktyabridan buyon Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘i sifatida ishlab kelgan Sanjar Jabborov Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangandi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 3 mart kuni 2017 yildan beri Ichki ishlar vaziri sifatida ishlab kelgan Po‘lat Bobojonov lavozimidan ozod etilgani xabar qilingandi. Uning o‘rniga Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i sifatida ishlab kelgan Aziz Toshpo‘latov Ichki ishlar vaziri etib tayinlandi. Toshkent shahar IIBBga esa Xorazm viloyati IIB boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan polkovnik Ravshan Sultonxo‘jayev tayinlandi.
Ravshan Sultonxo‘jayevning o‘rniga esa Toshkent shahar Yunusobod tumani bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan polkovnik Abdumajid Shermuhammedov Xorazm viloyati IIB boshlig‘i tayinlandi. Andijon viloyati IIB boshlig‘i lavozimini egallab kelgan polkovnik Ayubxon Toshxo‘jayevich Rahmatullayev O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi.
LiveBarchasi
20 mart
Temu O‘zbekistonda bloklandi.
20 mart