Sirdaryoda 19 boş molni öğirlagan jinoiy guruh qölga tuşdi (video)

Jamiyat

−

image

Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanida fuqarolarga tegişli 19 boş çorva molini öğirlab, sotiş orqali daromad topib kelgan jinoiy guruh a’zolari qölga olindi. Bu haqda Içki işlar vazirligi xabar berdi.

Qayd etilişiça, gumonlanuvçilar oldindan til biriktirib, tumanda yettita holatda jami 19 boş çorva molini öğirlagan. Ularning harakatlari oqibatida jabrlanuvçilarga 145,5 million söm miqdorida moddiy zarar yetkazilgan.

Bildirilişiça, holat yuzasidan Sardoba tumani Içki işlar bölimi huzuridagi Tergov guruhi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Mazkur holat böyiça Jinoyat kodeksining 169-moddasi (öğrilik) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Öğirlangan çorva mollaridan ayrimlari egalariga qaytarilgan. Jabrlanuvçilardan biri tirikçiligi çorvaçilikka boğliqligini aytib, yöqolgan moli topilgani uçun içki işlar xodimlariga minnatdorlik bildirgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent viloyatining Oqqörğon tumanida 20 dan ortiq qoramolni öğirlab, bozorlarda sotgan uç kişi qölga olingani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing