Töyda yuk maşinalaridan kortej tuzgan haydovçilar jazolandi
3-sahifa
−
09:14 1260 2 daqiqa
Sirdaryo viloyatining Guliston tumanida töy marosimi vaqtida yuk maşinalaridan iborat kortej taşkil etib, yöl harakati qoidalarini buzgan haydovçilarga nisbatan ma’muriy çora körildi. Bu haqda Yöl harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.
Aniqlanişiça, joriy yilning 12 noyabr kuni Guliston tumanida bölib ötgan töy marosimida bir neçta yuk avtomobili haydovçilari guruh bölib harakatlangan. Uşbu holat aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, muhokamalarga sabab bölgan.
Şundan söng viloyat YHXB tomonidan holat yuzasidan suriştiruv işlari olib borilgan. Natijada qoidabuzarlik sodir etgan haydovçilarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 129-moddasi (Transport vositalari haydovçilarining yöl harakati xavfsizligiga tahdid soluvçi guruh bölib harakat qilişda qatnaşişi) birinçi qismiga asosan ma’muriy bayonnomalar rasmiylaştirilgan. Şuningdek, ular bilan profilaktik tuşuntiriş işlari ötkazilgan.
Haydovçilardan biri holat yuzasidan bergan izohida 12 noyabr kuni yaqin döstining töyida yuk maşinalaridan iborat kortej taşkil etişganini aytgan. Uning sözlariga köra, bu orqali ijtimoiy tarmoqlarda maşhurlikka erişmoqçi bölişgan, biroq bu harakat qonunga xilof ekanini anglab yetişgan.
U içki işlar organlari xodimlari tomonidan çaqirilib, tuşuntiriş berilgani va qonuniy çora körilganini bildirgan. Şuningdek, boşqa haydovçilarni ham yöl harakati qoidalariga rioya qilişga çaqirgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent viloyatining Qibray tumanida töy kortejida avtomobil yölini tösib, ilonizi şaklida harakatlangan haydovçilardan biri 15 sutkaga ma’muriy qamoqqa olingani haqida xabar berilgan edi.
Live
BarchasiZangiotadagi binoda yong‘in chiqdi
15 Noyabr
Sudan armiyasi nazoratni qayta tikladi
15 Noyabr
Qora dengizda dron kemaga hujum qildi
15 Noyabr