Sirdaryoda kundoşi va uning qizini öldirgan ayol 13 yilga qamaldi

3-sahifa

−

image

Avvalroq, Sirdaryo viloyatining Şirin şaharçasida norasmiy nikohdagi ayol erining qonuniy xotini va uning 5 yoşli qizini piçoqlab öldirgani haqida xabar berilgan edi. Mazkur jinoyatni sodir etgan ayol 13 yil 4 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda “Millar” dasturida xabar berildi.

Aniqlanişiça, 29 yoşli sudlanuvçi olti yildan buyon bir erkak bilan şar’iy nikoh asosida yaşab kelgan. Erkakning qonuniy oilasi ham bölgani sababli ular örtasida muntazam janjallar kelib çiqqan.

Jinoyatga erkakning qonuniy rafiqasi farzandli bölib kelayotgani, sudlanuvçiga esa farzandli bölişga ruxsat bermagani sabab bölgan. Jahli çiqqan ayol öz uyiga borib, oşxona piçoğini olgan va erkakning uyiga kelib, uning qonuniy rafiqasi hamda ikki nafar voyaga yetmagan qiziga hujum qilgan.

Sud materiallariga köra, u ayolning badaniga töqqiz marta piçoq urib, uni öldirgan. Şuningdek, uning yonida bölgan 6 yoşli qiziga ikki marta piçoq urib, qasddan öldirgan. Uç yoşli qiziga ham bir marta piçoq urib, uni öldirişga suiqasd qilgan. Oğir tan jarohatlari olgan qizaloq şifoxonaga yotqizilgan.

Jinoyat işlari böyiça Şirin şahar sudida mazkur iş körib çiqilib, sudlanuvçi Jinoyat kodeksining tegişli moddalari böyiça aybdor deb topilgan. Unga Jinoyat kodeksining 57-modda (Yengilroq jazo tayinlaş) va 59-moddalarini (Bir neça jinoyat sodir etganlik uçun jazo tayinlaş) qöllagan holda, tayinlangan jazolarni qisman qöşiş yöli bilan 13 yil 4 oy muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi belgilangan. U jazoni umumiy tartibli koloniyada ötaydi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Qaşqadaryo viloyatining Kasbi tumanida ona 3 yaşar ögay qizini urib öldirgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing