4 ta hududda narkotik tarqatgan “zakladçik”lar qölga tuşdi

3-sahifa

−

image

Özbekistonning Sirdaryo, Navoiy, Samarqand viloyatlari va Qoraqalpoğiston Respublikasida ötkazilgan tezkor tadbirlarda jami 3 kilogramm 650 grammdan ortiq giyohvandlik vositalari aniqlanib, musodara qilindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, Sirdaryo viloyatida DXX, Içki işlar va Bojxona boşqarmalari xodimlari hamkorligida ötkazilgan tadbirda internet-narkodökonda “zakladçik” va qadoqlovçi vazifasida işlagan 1996 yilda tuğilgan erkak hamda 1998 yilda tuğilgan ayolning Guliston şahridagi ijara xonadoni tekşirilgan. Natijada uydagi isitiş moslamasi içidan 337 gramm “gaşiş” topilgan. Şuningdek, ular ombor sifatida foydalangan boşqa manzilda tarqatiş uçun tayyorlangan, 65 ta kiçik bölakka qadoqlangan 208 gramm “gaşiş” aniqlangan.

Navoiy viloyatining Karmana tumanida esa giyohvandlik vositalarini “zakladka” usulida tarqatib kelgan uç nafar şaxs qölga olingan. Ulardan 20 gramm “Spays” sintetik giyohvandlik moddasi olingan. Tezkor suriştiruv davomida gumonlanuvçilar tuman hududidagi bir neçta yaşirin joyga yana 542 gramm “Spays” moddasini joylaştirgani aniqlangan.

Şuningdek, Samarqand şahrida parranda göşti mahsulotlari savdosi bilan şuğullanuvçi dökon işçisi 492 gramm “opiy” moddasini sotiş maqsadida saqlayotgani foş etilgan. U giyohvandlik vositasini mayda bölaklarga ajratib, qadoqlagan.

Qoraqalpoğiston Respublikasining Törtköl tumanida ötkazilgan tadbirda esa 1972 yilda tuğilgan mahalliy fuqaro uşlangan. Uning yonidagi paketdan 471 gramm “marixuana” topilgan. Tezkor tadbir davomida uning 1964 yilda tuğilgan, muqaddam sudlangan şerigi ham aniqlangan. Uning avtomobilidan 425 gramm, yaşaş xonadonidan esa 97 ta gugurt qutisiga joylangan, umumiy oğirligi 1 kilogramm 175 gramm bölgan “marixuana” musodara qilingan.

Qayd etilişiça, barça holatlar yuzasidan jinoyat işlari qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent şahrining Yangixayot va Yaşnobod tumanlari hamda Qöqon şahrida ötkazilgan tezkor tadbirlarda 1,5 kilogramm giyohvandlik vositasi va 24 dona kuçli ta’sir qiluvçi dori vositasi musodara qilingani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing