Sirdaryo hokimi ham lavozimiga tasdiqlandi
Jamiyat
−
07 noyabr
2792Akmaljon Mahmudaliyev Sirdaryo viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 7 noyabr xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasi o‘tkazilgan. Unda viloyat Hududiy saylov komissiyasi raisi Zafar Hakimovning joriy yil 27 oktyabrda bo‘lib o‘tgan saylov yakunlari to‘g‘risidagi axboroti tinglangan.
Maslahatlashuvda Prezident tomonidan Sirdaryo viloyati hokimi lavozimiga Akmaljon Azimjonovich Mahmudaliyev nomzodi ko‘rsatilgani bildirilgan. Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashining qarori bilan Akmaljon Mahmudaliyev Sirdaryo viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi.
Shuningdek, sessiyada deputat Ahmedjanova Pokiza Shavkatovna Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi raisi etib saylandi.
Bundan tashqari, sessiyada xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashiga saylangan deputatlarning partiya guruhlari ro‘yxatdan o‘tkazilib, viloyat Kengashining reglamenti va doimiy komissiyalar to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlandi.
Eslatib o‘tamiz, bungacha Surxondaryo, Andijon, Samarqand, Xorazm, Navoiy, Jizzax, Buxoro, Toshkent viloyati, Toshkent shahri, Qashqadaryo va Farg‘ona viloyati hokimlari ham lavozimlariga tasdiqlangandi.