Toshkent hokimi ham lavozimiga tasdiqlandi
Jamiyat
−
06 noyabr
4043Bugun, 6 noyabr kuni xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasida Toshkent shahar hokimi lavozimiga Shavkat Umurzoqov nomzodi tasdiqlandi. Bu haqda Toshkent shahar matbuot xizmati xabar berdi.
Unda Toshkent shahar Hududiy saylov komissiyasi raisi Abdulla Mag‘rupovning joriy yil 27 oktyabrda bo‘lib o‘tgan saylov yakunlari to‘g‘risidagi axboroti tinglangan.
Qayd etilishicha, maslahatlashuvda Prezident tomonidan Toshkent shahar hokimi lavozimiga Shavkat Umurzoqov nomzodi ko‘rsatilgan.
Sessiyada deputat Kalonov Rustam Abduhakimovich Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi raisi etib saylandi.
Tadbirda xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashiga saylangan deputatlarning partiya guruhlari ro‘yxatdan o‘tkazilib, Kengashning reglamenti va doimiy komissiyalar to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlandi.
Eslatib o‘tamiz, bungacha Samarqand, Xorazm, Navoiy, Jizzax, Buxoro va Toshkent viloyatlari hokimlari ham lavozimlariga tasdiqlangandi.
Muhammad Hodiyev
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr