Farg‘ona hokimi ham lavozimiga tasdiqlandi

Jamiyat

image

Bugun, 6 noyabr kuni Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasida  Xayrullo Hayitboyevich Bozorov ham viloyat hokimi lavozimiga tasdiqlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Sessiyada viloyat Hududiy saylov komissiyasi raisi Erkinjon Nuraliyevning joriy yil 27 oktyabrda bo‘lib o‘tgan saylov yakunlari to‘g‘risidagi axboroti tinglangan.

Shuningdek, 44-Toshloq okrugidan saylangan deputat Xolmatjon Odilovich Komilov xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi raisi etib saylangan.

Maslahatlashuvda Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan Farg‘ona viloyati hokimi lavozimiga Xayrullo Hayitboyevich Bozorov nomzodi ko‘rsatilganligi bildirildi va bir ovozdan tasdiqlandi.

Shuningdek, sessiyada xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashiga saylangan deputatlarning partiya guruhlari ro‘yxatdan o‘tkazilib, viloyat Kengashining Reglamenti va doimiy komissiyalar to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlandi.

Ma’lumot uchun, Xayrullo Bozorov 1976 yil 16 yanvarda Namangan viloyatining Chortoq tumanida tug‘ilgan. Chortoq tumanidagi 9-o‘rta maktabni tamomlagan. 1997 yilda Namangan industrial-texnologiya institutini (hozirgi Namangan muhandislik-qurilish instituti) iqtisodchi-menejer mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

Eslatib o‘tamiz, bungacha Samarqand, Xorazm, Navoiy, Jizzax, Buxoro, Toshkent viloyati, Toshkent shahri va Qashqadaryo viloyati hokimlari ham lavozimlariga tasdiqlangandi.

Muhammad Hodiyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Farg'ona hokim

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing