Shoygu Ukrainadagi harbiy operatsiya qachon tugashini aytdi

Olam

image

Rossiya armiyasi o‘z maqsadlariga erishgunga qadar Ukrainada maxsus harbiy operatsiyani davom ettiradi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vaziri, armiya generali Sergey Shoygu ma’lum qilgan. 

“Rossiya Federatsiyasi Qurolli Kuchlari guruhi belgilangan maqsadlarga erishilgunga qadar maxsus harbiy operatsiyani davom ettiradi”, deydi Shoygu bugun, 1 mart kuni bo‘lib o‘tgan konferensiya chog‘ida.

Uning qayd etishicha, Rossiyani G‘arbning harbiy tahdididan himoya qilish Ukrainadagi maxsus operatsiyaning asosiy vazifasidir, deydi Mudofaa vazirligi rahbari. 

“Biz uchun asosiysi Ukraina xalqidan mamlakatimizga qarshi kurashda foydalanishga urinayotgan G‘arb davlatlari tomonidan Rossiya Federatsiyasini harbiy tahdiddan himoya qilishdir”, deydi u.

Eslatib o‘tamiz, Ukraina hududiga qurolli hujum boshlangan ilk kunlarda Prezident Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiyaning Ukrainadagi maqsadi "rasmiy Kiyevning harbiy salohiyatini yo‘q qilish" ekanini aytgandi. Oradan ko‘p o‘tmay, mamlakat Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarov bayonot bilan chiqib, Rossiyaning Ukrainadagi maqsadi "qo‘g‘irchoq rejimni o‘z jinoyatlari, jumladan, Rossiya fuqarolariga nisbatan javobgarlikka tortish" ekanini aytdi

Rossiyaning Ukrainaga bosqini

Joriy yilning 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina sharqidagi o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Keyinroq RF respublikalarni shu nomdagi viloyatlar chegaradagi tan olganini ta’kidlab, Ukrainaga qarshi urush xavfini oshirib yubordi.

Putinning favqulodda qarori ortidan AQSH, YeI, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yaponiya rasmiylari ham Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi.

24 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqida Donbassda rus harbiylari "maxsus harbiy operatsiya" boshlaganini e’lon qildi va rus qo‘shinlari Ukrainaga hujum boshladi. Putin bu harakatini Ukraina sharqidagi rossiyaparast separatist kuchlar rahbarlari shunday so‘rov yuborgani bilan oqladi.

Buning ortidan Zelenskiy Rossiya fuqarolariga rus tilida murojaat qilib, ukrainlarga “na sovuq, na issiq, na gibrid urush kerak emas”ligini, ukrainlar hujumchilarni kutib olishga tayyorligini bildirdi. Ko‘p o‘tmay Prezident Rossiya bilan diplomatik aloqani uzdi.

Rus qo‘shinlari dastlab Kiyev va Xarkovga raketa hujumi uyushtirdi. Prezident Zelenskiy mamlakatda harbiy holat e’lon qildi. Shuningdek, rasmiy idora rus qo‘shinlari Xarkov va Odessa viloyatiga kirib borganini bildirdi.

Hujum boshlanganidan ko‘p o‘tmay, LXR Ichki ishlar vaziri maslahatchisi Vitaliy Kiselev Schaste va Stanitsa shaharchalari LXR nazoratiga o‘tganini e’lon qildi.

Ukrainaga hujum boshlanishi Rossiya iqtisodiga og‘ir zarba berdi. Rus kompaniyalari aksiyalari keskin arzonlashdi, Moskva birjasida savdolar mislsiz darajada pasayish bilan o‘tdi. Gazprom, LUKOYL va boshqa yirik kompaniyalar yo‘qotishlarga uchradi.

25 fevral kuni Zelenskiy Ukrainada umumiy harbiy safarbarlik e’lon qildi. Armiyaga chaqiruv mamlakatning qator viloyat va shaharlarida amalga oshirilishi belgilandi.


Maqola muallifi

Teglar

Sergey Shoygu Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

283

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing