Peskov Rossiyaning Ukrainaga bosqinidan maqsadi nima ekanini aytdi

Olam

image

Rossiyaning Ukrainadagi harbiy amaliyotidan maqsadi rasmiy Kiyevning harbiy salohiyatini yo‘q qilishdir. Bu haqda Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi

Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainaning harbiy salohiyati horijiy davlatlarning ta’siri tufayli sezilarli darajada oshgan. 

“Bu, albatta, so‘nggi paytlarda horijiy davlatlarning ta’siri tufayli sezilarli darajada oshgan harbiy salohiyatni zararsizlantirishni anglatadi”, deydi Peskov jurnalistlarning Ukrainani demilitarizatsiya qilish yo‘q qilishni anglatadimi, degan savoliga javob berar ekan.

Rossiyaning Ukrainaga bosqini

Joriy yilning 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina sharqidagi o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Keyinroq RF respublikalarni shu nomdagi viloyatlar chegaradagi tan olganini ta’kidlab, Ukrainaga qarshi urush xavfini oshirib yubordi.

Putinning favqulodda qarori ortidan AQSH, YeI, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yaponiya rasmiylari ham Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi.

24 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqida Donbassda rus harbiylari "maxsus harbiy operatsiya" boshlaganini e’lon qildi va rus qo‘shinlari Ukrainaga hujum boshladi. Putin bu harakatini Ukraina sharqidagi rossiyaparast separatist kuchlar rahbarlari shunday so‘rov yuborgani bilan oqladi.

Buning ortidan Zelenskiy Rossiya fuqarolariga rus tilida murojaat qilib, ukrainlarga “na sovuq, na issiq, na gibrid urush kerak emas”ligini, ukrainlar hujumchilarni kutib olishga tayyorligini bildirdi. Ko‘p o‘tmay Prezident Rossiya bilan diplomatik aloqani uzdi.

Rus qo‘shinlari dastlab Kiyev va Xarkovga raketa hujumi uyushtirdi. Prezident Zelenskiy mamlakatda harbiy holat e’lon qildi. Shuningdek, rasmiy idora rus qo‘shinlari Xarkov va Odessa viloyatiga kirib borganini e’lon qildi.

Hujum boshlanganidan ko‘p o‘tmay, LXR Ichki ishlar vaziri maslahatchisi Vitaliy Kiselev Schaste va Stanitsa shaharchalari LXR nazoratiga o‘tganini e’lon qildi.

Ukrainaga hujum boshlanishi Rossiya iqtisodiga og‘ir zarba berdi. Rus kompaniyalari aksiyalari keskin arzonlashdi, Moskva birjasida savdolar mislsiz darajada pasayish bilan o‘tdi. Gazprom, LUKOYL va boshqa yirik kompaniyalar yo‘qotishlarga uchradi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

919

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing