Ruslar Ukraina armiyasi sharqqa o‘tishiga to‘sqinlik qilmoqda – UQK

Olam

image
0:00
0:00
download

Rossiya armiyasi Ukrainadagi hujum sur’atini oshirib, frontning Slobojanskiy va Donetsk yo‘nalishlarida faol hujum operatsiyalarini davom ettirmoqda. Bu haqda bugun, 28 aprel kuni Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi ma’lum qildi.

Ukraina Qurolli Kuchlari Bosh shtabining xulosasiga ko‘ra, 28 aprel ertalabdan boshlab, Rossiya Qurolli Kuchlari qo‘mondonligi Izyum shahri hududiga qo‘shimcha kuchlarni joylashtirishni boshlagan. Shu bilan birga Orexovo aholi punktiga qarshi hujum davom etmoqda.

Kiyevning ta’kidlashicha, Rossiya qo‘mondonligining asosiy maqsadi Ukrainaning Donetsk va Lugansk viloyatlari hududi ustidan to‘liq nazorat o‘rnatish, shuningdek, noqonuniy ravishda anneksiya qilingan Qrim bilan quruqlik yo‘lagini ushlab turish bo‘lib qolmoqda.

Ukraina Qurolli Kuchlarining ta’kidlashicha, Rossiya qo‘shinlari Ukraina armiyasining zaxiralarini Seversk yo‘nalishiga o‘tkazishga va ularning Sharqiy operatsion zonaga harakatlanishiga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qilmoqda.

Kuraxovskiy yo‘nalishi bo‘yicha rus qo‘shinlari Staromayor – Velikaya Novoselka va Lyubimovka - Zelenoye Pole bo‘ylab oldinga siljimoqda.

Melitopol aerodromi Rossiya harbiylari tomonidan Su-25 hujumchi samolyotlari, Ka-52 hujum vertolyotlari va Mi-8 transport va jangovar samolyotlarini joylashtirish uchun foydalanilmoqda.

Faqat Ukrainaning Donetsk va Lugansk viloyatlari hududida o‘tgan kun davomida oltita hujum qaytarilgan, beshta tank, bitta artilleriya tizimi, yigirma ikkita zirhli texnika, bitta avtomobil va bitta zenit qurilmasi yo‘q qilingan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, urush boshlanganidan beri Ukraina Qurolli Kuchlari 22,8 mingga yaqin rossiyalik harbiylarni yo‘q qilgan.

Rossiya-Ukraina urushi

Joriy yilning 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina sharqidagi o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Keyinroq RF respublikalarni shu nomdagi viloyatlar chegarasida tan olganini ta’kidlab, Ukrainaga qarshi urush xavfini oshirib yubordi.

Putinning favqulodda qarori ortidan AQSH, YeI, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yaponiya rasmiylari ham Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi.

24 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqida Donbassda rus harbiylari "maxsus harbiy operatsiya" boshlaganini e’lon qildi va rus qo‘shinlari Ukrainaga hujum boshladi. Putin bu harakatini Ukraina sharqidagi rossiyaparast separatist kuchlar rahbarlari shunday so‘rov yuborgani bilan oqladi.

Bundan avvalroq Zelenskiy Rossiya fuqarolariga rus tilida murojaat qilib, ukrainlarga “na sovuq, na issiq, na gibrid urush kerak emas”ligini, ukrainlar hujumchilarni kutib olishga tayyorligini bildirgandi. Ko‘p o‘tmay Prezident Rossiya bilan diplomatik aloqani uzdi. Prezident Zelenskiy mamlakatda harbiy holat e’lon qildi.

25 fevral kuni Zelenskiy Ukrainada umumiy harbiy safarbarlik e’lon qildi. Armiyaga chaqiruv mamlakatning qator viloyat va shaharlarida amalga oshirilishi belgilandi.

Rus qo‘shinlari hozirgacha Ukrainaga shimol, sharq va janubdan hujum qilib kelmoqda va qator hududlarni egallashga erishdi. Ammo bu urush Rossiyaning dunyoda yakkalanib qolishiga olib keldi.

Ukrainaga hujum boshlanishi Rossiya iqtisodiga og‘ir zarba berdi. Rus kompaniyalari aksiyalari keskin arzonlashdi, Moskva birjasida savdolar mislsiz darajada pasayish bilan o‘tdi. Gazprom, LUKOYL va boshqa yirik kompaniyalar yo‘qotishlarga uchradi.

Hujum boshlangach, Yevropa davlatlari va AQSH Rossiyaga qarshi bir necha bosqichli sanksiyalar joriy qildi. Rossiyaning VTB, “Rossiya” banki, “Otkritiya”, “Novikombank”, “Promsvyazbank”, “Sovkombank” va VEB.RF banklari SWIFT xalqaro banklararo tizimidan uzildi. AQSH va Yevropa Ittifoqi Rossiyaning oltin-valyuta zaxirasini blokladi.

Yevropa davlatlari, AQSH, Kanada Rossiya uchun o‘z havo hududini yopdi. Bu sanksiyalarga neytral davlat hisoblangan Shveysariya ham qo‘shildi. Urush fonida Ukrainani Yevropa Ittifoqi a’zoligiga qabul qilish jarayoni tezlashdi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

526

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing