Rossiyada Instagram’ning analogini sinovdan o‘tkazish boshlandi 

Texnologiya

image

Rossiyada mamlakatda bloklangan Instagram’ning analogi sinovdan o‘tkazilmoqda. “Yandeks”ning sobiq xodimi ishlab chiqqan ijtimoiy tarmoq Now deb nomlanadi. Bu haqda “Izvestiya” xabar bergan.  

Ta’kidlanishicha, Now’da yetti soat ichida 10 000 dan ortiq foydalanuvchilar ro‘yxatdan o‘tgan. Qayd etilishicha, Instagram’ning analogini yaratish uchun kompyuter texnologiyalari sohasida katta nazariy va amaliy tajriba kerak bo‘ladi. 

“Va biz buni qilyapmiz”, deyiladi ijtimoiy tarmoq xabarida. 

Now jamoasining asoschisi va rahbari dasturchi Dmitriy Marinindir. 

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 28 mart kuni Rossiyada “Rossgram” ijtimoiy tarmog‘i o‘z ishini boshlagan. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 21 mart kuni Facebook va Instagram ijtimoiy tarmoqlariga egalik qiluvchi Meta kompaniyasi Moskvaning Tver sudi tomonidan ekstremistik tashkilot deb tan olingan edi.  

Meta kompaniyasiga tegishli Instagram va Facebook ijtimoiy tarmoqlari faoliyati ham ekstremistik deb tan olingan. Bu qaror WhatsApp messenjeriga ta’sir qilmaydi. Bundan tashqari, fuqarolar va tashkilotlar Facebook va Instagram’dan foydalanganliklari uchun ekstremizmda ayblanib javobgarlikka tortilmaydi.

Rossiya-Ukraina urushi

Joriy yilning 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina sharqidagi o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Keyinroq RF respublikalarni shu nomdagi viloyatlar chegarasida tan olganini ta’kidlab, Ukrainaga qarshi urush xavfini oshirib yubordi.

Putinning favqulodda qarori ortidan AQSH, YeI, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yaponiya rasmiylari ham Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi.

24 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqida Donbassda rus harbiylari "maxsus harbiy operatsiya" boshlaganini e’lon qildi va rus qo‘shinlari Ukrainaga hujum boshladi. Putin bu harakatini Ukraina sharqidagi rossiyaparast separatist kuchlar rahbarlari shunday so‘rov yuborgani bilan oqladi.

Bundan avvalroq Zelenskiy Rossiya fuqarolariga rus tilida murojaat qilib, ukrainlarga “na sovuq, na issiq, na gibrid urush kerak emas”ligini, ukrainlar hujumchilarni kutib olishga tayyorligini bildirgandi. Ko‘p o‘tmay Prezident Rossiya bilan diplomatik aloqani uzdi. Prezident Zelenskiy mamlakatda harbiy holat e’lon qildi.

25 fevral kuni Zelenskiy Ukrainada umumiy harbiy safarbarlik e’lon qildi. Armiyaga chaqiruv mamlakatning qator viloyat va shaharlarida amalga oshirilishi belgilandi.

Rus qo‘shinlari hozirgacha Ukrainaga shimol, sharq va janubdan hujum qilib kelmoqda va qator hududlarni egallashga erishdi. Ammo bu urush Rossiyaning dunyoda yakkalanib qolishiga olib keldi.

Ukrainaga hujum boshlanishi Rossiya iqtisodiga og‘ir zarba berdi. Rus kompaniyalari aksiyalari keskin arzonlashdi, Moskva birjasida savdolar mislsiz darajada pasayish bilan o‘tdi. Gazprom, LUKOYL va boshqa yirik kompaniyalar yo‘qotishlarga uchradi.

Hujum boshlangach, Yevropa davlatlari va AQSH Rossiyaga qarshi bir necha bosqichli sanksiyalar joriy qildi. Rossiyaning VTB, “Rossiya” banki, “Otkritiya”, “Novikombank”, “Promsvyazbank”, “Sovkombank” va VEB.RF banklari SWIFT xalqaro banklararo tizimidan uzildi. AQSH va Yevropa Ittifoqi Rossiyaning oltin-valyuta zaxirasini blokladi.

Yevropa davlatlari, AQSH, Kanada Rossiya uchun o‘z havo hududini yopdi. Bu sanksiyalarga neytral davlat hisoblangan Shveysariya ham qo‘shildi. Urush fonida Ukrainani Yevropa Ittifoqi a’zoligiga qabul qilish jarayoni tezlashdi.


Maqola muallifi

Teglar

Instagram Now

Baholaganlar

20

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing