Instagram 10 yildan so‘ng logotipini yangiladi

Texnologiya

image

Instagram 10 yil ichida ilk bor o‘zining “Instagram” nomi yozilgan logotipini yangiladi. Kompaniya bu orqali platformaning vizual ko‘rinishini yanada zamonaviylashtirishni maqsad qilgan. Bu haqda Instagram rahbari Adam Mosseri ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi wordmark “yanada o‘tkirroq va zamonaviyroq” ko‘rinishga ega bo‘lib, unda kompaniyaning dastlabki dizayniga xos jihatlar hamda soddalik saqlab qolingan.

Yangilangan logotipda “s”, “r” va “g” harflari qo‘lyozmaga o‘xshash, egri shakllarda ishlab chiqilgan. Biroq yangi dizayn foydalanuvchilar tomonidan turlicha kutib olindi.

Ayrimlar uning zamonaviy ko‘rinishi va shrift tanlovini ma’qullagan bo‘lsa, boshqalar ayrim harflarning shaklini tanqid qilgan. Hatto ba’zi foydalanuvchilar yangi yozuv hazil tariqasida “Instagzam”ga o‘xshab qolganini ta’kidlagan.

Yangi wordmark atrofidagi hazillar orasida ChatGPT’ning Instagram’dagi posti ham e’tiborni tortdi. Kompaniya yangi shrift uslubiga taqlid qilib, o‘z nomini “chatjipiti” ko‘rinishida yozdi va postga “no notes” (“gap yo‘q”) degan izohni qoldirdi.

Instagram oxirgi marta 2016 yilda katta dizayn o‘zgarishini amalga oshirgan edi. O‘shanda kompaniya o‘zining klassik jigarrang kamera tasviridan voz kechib, hozirgacha qo‘llanib kelayotgan pushti va boshqa yorqin ranglardan iborat gradiyentli ikonka dizayniga o‘tgan. Shu bilan birga, ilovaning foydalanuvchi interfeysi ham qayta ishlangan.

Ta’kidlanishicha, hozircha kompaniyaning ilova ikonkasini ham o‘zgartirishi yoki boshqa dizayn yangiliklarini joriy etishi haqida rasmiy ma’lumot berilmagan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing