Instagram blogerlarga videolari uçun 500 ming dollargaça pul bermoqçi
Olam
−
11:49 672 2 daqiqa
Instagram ijodkorlarga yangi videoplatformasiga uzun formatdagi kontent joylaş evaziga 500 ming dollargaça haq taklif qilmoqda. Bu haqda “Social Media Today” xabar berdi.
Gap Instagram’ning yangi “Features” funksiyasi haqida ketmoqda. U orqali ijodkorlar 90 daqiqagaça bölgan videolarni joylaş imkoniyatiga ega böladi. Biroq YouTube’dagi hamkorlik dasturi uzun videolardan daromad oliş uçun köproq imkoniyat yaratgani sababli, blogerlarni Instagram’ga bunday kontent joylaşga qiziqtiriş qiyin bölmoqda.
Ma’lumotlarga köra, Meta’ga tegişli platforma ayrim ijodkorlarga “Features”’ga uzun videolar joylaş uçun 50 ming dollar, boşqalariga esa olti xonali, hatto 500 ming dollargaça bölgan bir martalik tölovlarni taklif qilgan.
Meta bu takliflar haqidagi ma’lumotlarni tasdiqlamagan ham, inkor etmagan ham. Kompaniya vakili ayrim ijodkorlarga “Features” uçun kontent yaratiş bevosita moliyalaştirilayotganini bildirgan.
Qayd etilişiça, Instagram rahbari Adam Mosseri ham uzun videolar mualliflari uçun daromad oliş imkoniyati muhimligini tan olgan. U kompaniya bu yönalişda bir neçta yeçimlarni körib çiqayotganini aytgan.
Meta avval ham uzun videolarni ommalaştiriş uçun şunga öxşaş usuldan foydalangan. 2021 yilda kompaniya 2022 yil davomida ijodkorlarga 1 milliard dollar tölaşini e’lon qilgan. Bu mablağning bir qismi IGTV platformasiga video joylaştirgan va ularda reklama namoyiş etişga ruxsat bergan mualliflarga ajratilişi kerak edi. Biroq bu taşabbus foydalanuvçilar qiziqişini uzoq muddatga oşira olmagan. 2022 yil boşida Meta alohida IGTV ilovasini yopiş rejasini e’lon qilgan.
Tahlillarga köra, ijodkorlarga bir martalik katta tölovlar taklif qiliş qisqa muddatda kontent köpayişiga olib kelişi mumkin. Ammo doimiy daromad taqsimlaş tizimi bölmasa, bu usul uzoq muddatli natija berişi qiyin.
Eslatib ötamiz, avvalroq Instagram 10 yil içida ilk bor özining “Instagram” nomi yozilgan logotipini yangilagani haqida xabar berilgan edi.