Facebook va Instagram’da katta uzilishlar: tarmoqlar ishlamay qoldi
Olam
−
10:23 460 1 daqiqa
Meta kompaniyasiga tegishli Facebook va Instagram ijtimoiy tarmoqlarida AQSHda minglab foydalanuvchilar uchun uzilishlar kuzatildi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Kecha, 20 sentyabr kuni Downdetector.com saytida Facebook ishlamayotgani bo‘yicha 17 mingdan ortiq murojaat qayd etilgan. AQSH sharqiy qirg‘og‘i vaqti bilan soat 21:11 holatiga ko‘ra, Instagram’da ham 5 mingdan ortiq uzilishlar haqida xabar kelib tushgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Downdetector turli manbalardan foydalanuvchilar yuborgan xabarlarni jamlash orqali internet xizmatlaridagi nosozliklarni kuzatib boradi.
Meta kompaniyasi yuzaga kelgan nosozlik yuzasidan “Reuters”ning izoh so‘roviga darhol javob bermagan.
Qayd etilishicha, Downdetector’dagi ko‘rsatkichlar foydalanuvchilarning murojaatlariga asoslangan. Shu sababli, muammoga duch kelgan foydalanuvchilarning haqiqiy soni saytda qayd etilgan raqamlardan farq qilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSHning 29 ta shtati Meta Platforms kompaniyasini Facebook va Instagram platformalari bolalar hamda o‘smirlarda qaramlik keltirib chiqaradigan va ularning ruhiy salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan tarzda ishlab chiqilganida ayblab, sudga da’vo arizasi kiritgan edi.
Live
Barchasi