Instagram’da hikoyani tahrirlaş imkoni paydo böldi
Texnologiya
−
20:52 299 1 daqiqa
Instagram ijtimoiy tarmoği foydalanuvçilarga Stories’da joylangan hikoyalarni 15 daqiqa içida tahrirlaş imkoniyatini taqdim etdi. Endi foydalanuvçilar hikoyalardagi matn, musiqa, stiker va rasmlarni joylangandan keyin ham özgartirişi mumkin. Bu haqda Instagram rahbari Adam Mosseri ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga köra, tahrirlaş jarayonida foydalanuvçilar hikoyadagi körişlar, layklar va javoblarni yöqotmaydi.
Hikoyani tahrirlaş uçun ekranning pastki öng burçagidagi uçta nuqta belgisi bosiladi va tegişli funksiya tanlanadi.
Ma’lumot uçun, Instagram dunyodagi eng maşhur ijtimoiy tarmoqlardan biri bölib, undan har oyda taxminan ikki milliard kişi foydalanadi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Instagram ijodkorlarga yangi videoplatformasiga uzun formatli kontent joylaştiriş evaziga 500 ming dollargaça haq taklif qilayotgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi