Öynaşmagin doktor bilan… Oziş operatsiyasi “Kokoş”ni qamoqqa yetakladi

Tahlil

−

Reklama
0:00

Plastik jarroxlik amaliyotidan aniqroq aytganda oşqazon apperatsiyasidan  söng yuzaga kelgan mojorolar ortidan sudlangan Aktrisa va Blogerlar qamaldi. 13 noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Kokoş” taxallusi bilan tanilgan bloger Komila Abduqodirova, aktrisa Barçin Ğofurova va “Ryyan Sweet”  taxullusi bilan faoliyat olib borgan yana bir bloger Nihola Rajabovaga  nisbatan  apellyatsiya sudi hukm çiqardi. Unga köra, uçala sudlanuvçi ham ozodlikdan mahrum etildi. Sud hujjatlarida ular Klinika rahbaridan 35 ming dollar talab qilgani ham aniqlandi.

Uç insoning qamalişiga sabab bölgan voqealar  özi  nimadan boşlangan edi. Jinoyat işi materiallariga köra, voqealar 2024 yil oxirida «Med Consultant» xususiy klinikasi bilan bloger Komila Abduqodirova örtasidagi reklama hamkorligidan boşlangan.

2024 yil noyabr oyida klinika öz xizmatlarini reklama qiliş uçun bloger Abbosxöja bilan hamkorlik qilgan. U klinikani reklama qilişga ijodiy şerigi Komila Abduqodirovani ham jalb qilgan.

Keyinçalik Abduqodirova klinikada liposaksiya va abdominoplastika amaliyotlarini ötkaziş imkoniyati bilan qiziqqan. Dastlab klinika rahbari Umid Aminov uning reklama evaziga bepul operatsiya qiliş taklifiga rozi bölmagan. Biroq Abbosxöjaning aralaşuvidan keyin tomonlar kelişuvga erişgan. 2025 yil 1 mart kuni Abduqodirova klinikada tahlillar topşirgan, 2 mart kuni esa şifoxonaga yotqizilgan.  3 mart kuni unga liposaksiya va abdominoplastika plastik jarrohlik amaliyotlari ötkazilgan.

Sud hujjatlarida keltirilgan 2025 yil 7 apreldagi 75 sonli qayta komission kompleks ekspertiza xulosasiga köra, operatsiya oldidan laboratoriya va instrumental tekşiruvlar tegişli tartibda ötkazilgan. Nekroz esa operatsiyadan keyingi davrda şifokor körsatmalariga amal qilmaslik, nikotin iste’mol qiliş, yotoq rejimi va reabilitatsiyani buziş, aseptika hamda antiseptika qoidalariga rioya qilmaslik, jismoniy zöriqiş va şifokorlar ruxsatisiz mezodissolyutsiya amaliyotini ötkaziş oqibatida yuzaga kelgani qayd etilgan. Bu xulosa keyinçalik jinoyat işida muhim dalillardan biri sifatida baholangan. 

Klinika va blogerlar örtasidagi mojaro

Abduqodirovaning körsatmalariga köra, 2025 yil mart oyining ikkinçi yarmida uning qorin qismidagi yara oğirlaşgan. 25 mart kuni u boşqa şifokor bilan maslahatlaşganida, holat nekroz ekanini bilganini bildirgan.

28 mart kuni klinikada uning qorin qismidagi nobud bölgan töqimalarni olib taşlaş böyiça yana bir jarrohlik amaliyoti ötkazilgan.

Şundan keyin klinika rahbari Umid Aminov va Abduqodirova örtasidagi munosabatlar keskinlaşgan. Abduqodirova va uning yaqinlari davolaniş jarayonidan norozi bölib, klinika rahbari va şifokorlardan tuşuntiriş talab qilgan.

2025 yil 2 aprel kuni Abduqodirova özining Instagram sahifasida klinikadagi vaziyat aks etgan videoni e’lon qilgan. Birinçi instansiya sudining aniqlaşiça, u videoda klinika rahbari Umid Aminov va şifokorlarni haqorat qilgan, şuningdek, ularning şa’ni va işçanlik obrösiga putur yetkazuvçi ma’lumotlarni tarqatgan.

Ertasi kuni, 3 aprel kuni Barçin Ğofurova ham klinikaga kelgan. Sud hujjatlarida qayd etilişiça, u klinika xodimlarining qarşiligiga qaramay, reanimatsiya xonasiga kirgan va u yerda yotgan Umid Aminov bilan mojaro qilgan. Şuningdek, Milliy gvardiya xodimi Bunyod Norqobilovning qonuniy talablariga böysunmay, unga nisbatan haqoratli sözlar işlatgan. Ğofurova uşbu holat aks etgan videoni ham özining Instagram sahifasiga joylaştirgan.

Nihola Rajabova ham Instagram sahifasida klinika va uning xodimlarini tanqid qiluvçi videolar e’lon qilgan. Jumladan, u klinika xodimlarini «qassoblar» deb atagan.

35 ming dollar masalasi: sud nimani aniqlagan?

Jinoyat işining yana bir muhim qismi — klinika rahbari Umid Aminovdan 35 ming AQŞ dollari talab qilingani bilan boğliq.

Sudning aniqlaşiça, Nihola Rajabova «Jasmin» nomi bilan tanilgan boşqa şaxs bilan oldindan til biriktirib, klinika va uning rahbari obrösiga putur yetkazuvçi videolarni tarqatiş orqali Aminovga bosim ötkazgan.

Ular ijtimoiy tarmoqlardagi videolarni öçiriş va klinikaning obrösini tiklaşga yordam beriş evaziga pul talab qilgan.

2025 yil 3 aprel kuni Rajabova Aminovga Abduqodirovaning Turkiyada davolanişi uçun 35 ming dollar miqdorida hisob-faktura taqdim etgan. Sud hujjatlarida qayd etilişiça, uşbu summadan 10,5 ming dollar miqdorida mulkiy manfaatdorlik ham talab qilingan.

Birinçi instansiya hukmida 2025 yil 3 apreldagi Markaziy bank kursi böyiça 10,5 ming dollar 452 million 25 ming sömga teng ekani körsatilgan. Jinoyat işida uşbu talablar tovlamaçilik alomatlari sifatida baholangan.

Birinçi instansiya sudi qanday qaror çiqargandi?

Jinoyat işlari böyiça Çilonzor tuman sudi 2026 yil 16 iyunda işni körib çiqib, uç nafar sudlanuvçiga nisbatan hukm çiqargan.

Unga köra, Komila Abduqodirova tuhmat, haqorat qiliş va özboşimçalik jinoyatlarini sodir etganlikda aybli deb topilib, 1 yil 6 oy muddatga ozodlikni çeklaş jazosiga hukm qilingan. Barçin Ğofurova tuhmat va haqorat qiliş jinoyatlarini sodir etganlikda aybli deb topilib, 1 yil 3 oy muddatga ozodlikni çeklaş jazosi tayinlangan. Sud uni tovlamaçilik ayblovi böyiça aybsiz deb topgan. Nihola Rajabova haqorat qiliş va tovlamaçilik jinoyatlarini sodir etganlikda aybli deb topilib, 3 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilingan.

Jazolarni umumiy tartibli koloniyada ötaş belgilangan.

Birinçi instansiya sudi, xususan, Ğofurovaning Aminovdan pul talab qilişda Rajabova bilan til biriktirganini tasdiqlovçi yetarli dalillar mavjud emas, degan xulosaga kelgan. Şu sababli uni tovlamaçilik ayblovi böyiça oqlagan.

“Kokoş” va uning dugonalari qamaldi

Nihola Rajabova va jabrlanuvçi Umid Aminovning şikoyatlari asosida jinoyat işi Toşkent şahar sudining apellyatsiya instansiyasida qayta körib çiqildi. Joriy yilning 13 noyabrdagi apellyatsiya hukmiga köra, birinçi instansiya sudining hukmi bekor qilindi.

Xususan, apellyatsiya sudining keça, 13 noyabrdagi hukmiga köra, Komila Abduqodirova, Barçin Ğofurova va Nihola Rajabova Jinoyat kodeksining 140-moddasi (haqorat qiliş) 3-qismi «a» bandi va 165-moddasi (tovlamaçilik) 3-qismi «a» bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilgan.

Komila Abduqodirovaga 3 yil 6 oy, Barçin Ğofurovaga 4 yil va Nihola Rajabovaga 4 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan. Tayinlangan jazolarni umumiy tartibli koloniyalarda ötaş belgilangan.

Qayd etilişiça, jabrlanuvçi va boşqa manfaatdor şaxslarga jinoyat natijasida yetkazilgan moddiy hamda ma’naviy zararni undiriş masalasi yuzasidan fuqarolik işlari böyiça sudga murojaat qiliş huquqlari borligi tuşuntirilgan. Apellyatsiya instansiya sudining hukmi ustidan taraflar qonunda belgilangan tartib va muddatda Toşkent şahar sudining taftiş instansiyasiga şikoyat berişi va protest keltirişi mumkin.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing