Rossiya Ukrainada beshta yo‘nalishda evakuatsiya yo‘laklarini ochdi

Olam

image

Bugun, 11 mart kuni Rossiya Moskva vaqti bilan soat 10:00 dan Ukrainada “sukunat rejimi”ni e’lon qiladi. RF Mudofaa vazirligiga ko‘ra, beshta shahardagi tinch aholi poyezd, avtobus va o‘z avtomobillarda hududni tark etishi mumkin.

Gap quyidagi shahar va yo‘nalishlar haqida bormoqda:

•    Kiyev va unga tutash aholi punktlaridan ikkita yo‘nalish bo‘yicha: Belarus hududi orqali Gomel shahriga, keyinchalik havo yo‘li bilan Rossiyaga yetkaziladi; janubiy yo‘nalishda - Ukraina tomoni bilan kelishilgan holda;

•    Chernigov shahridan ikkita yo‘nalish bo‘yicha: Belarus hududi orqali Gomel shahriga, keyinchalik havo yo‘li bilan Rossiyaga yetkaziladi; janubiy yo‘nalishda - Ukraina tomoni bilan kelishilgan holda;

•    Sumi shahridan ikkita yo‘nalish bo‘yicha: Belgorod shahriga - keyin havo, temir yo‘l va avtomobil transportida tanlangan yo‘nalishlar yoki vaqtinchalik yashash joylariga; janubiy yo‘nalishda Poltava shahriga - Ukraina tomoni bilan kelishilgan holda;

•    Xarkov shahridan ikkita yo‘nalish bo‘yicha: Rossiya Federatsiyasi hududiga Belgorod shahriga - keyin havo, temir yo‘l va avtomobil transportida tanlangan yo‘nalishlarga yoki vaqtinchalik yashash joylariga; Lvov, Ujgorod, Ivano-Frankovskda - Ukraina tomoni bilan kelishilgan holda;

•    Mariupol shahridan ikkita yo‘nalish bo‘yicha: Novoazovsk va Taganrog shaharlari orqali Rossiya Federatsiyasining Rostov-Don shahriga, keyin havo, temir yo‘l va avtomobil transportida tanlangan yo‘nalishlarga yoki vaqtinchalik yashash joylariga;

•    boshqa aholi punktlaridan - Ukraina tomoni bilan kelishilgan holda.

Rossiya-Ukraina urushi

Joriy yilning 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina sharqidagi o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Keyinroq RF respublikalarni shu nomdagi viloyatlar chegaradagi tan olganini ta’kidlab, Ukrainaga qarshi urush xavfini oshirib yubordi.

Putinning favqulodda qarori ortidan AQSH, YeI, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yaponiya rasmiylari ham Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi.

24 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqida Donbassda rus harbiylari "maxsus harbiy operatsiya" boshlaganini e’lon qildi va rus qo‘shinlari Ukrainaga hujum boshladi. Putin bu harakatini Ukraina sharqidagi rossiyaparast separatist kuchlar rahbarlari shunday so‘rov yuborgani bilan oqladi.

Bundan avvalroq Zelenskiy Rossiya fuqarolariga rus tilida murojaat qilib, ukrainlarga “na sovuq, na issiq, na gibrid urush kerak emas”ligini, ukrainlar hujumchilarni kutib olishga tayyorligini bildirgandi. Ko‘p o‘tmay Prezident Rossiya bilan diplomatik aloqani uzdi. Prezident Zelenskiy mamlakatda harbiy holat e’lon qildi.

25 fevral kuni Zelenskiy Ukrainada umumiy harbiy safarbarlik e’lon qildi. Armiyaga chaqiruv mamlakatning qator viloyat va shaharlarida amalga oshirilishi belgilandi.

Rus qo‘shinlari hozirgacha Ukrainaga shimol, sharq va janubdan hujum qilib kelmoqda va qator hududlarni egallashga erishdi. Ammo bu urush Rossiyaning dunyoda yakkalanib qolishiga olib keldi.

Ukrainaga hujum boshlanishi Rossiya iqtisodiga og‘ir zarba berdi. Rus kompaniyalari aksiyalari keskin arzonlashdi, Moskva birjasida savdolar mislsiz darajada pasayish bilan o‘tdi. Gazprom, LUKOYL va boshqa yirik kompaniyalar yo‘qotishlarga uchradi.

Hujum boshlangach, Yevropa davlatlari va AQSH Rossiyaga qarshi bir necha bosqichli sanksiyalar joriy qildi. Rossiyaning VTB, “Rossiya” banki, “Otkritiya”, “Novikombank”, “Promsvyazbank”, “Sovkombank” va VEB.RF banklari SWIFT xalqaro banklararo tizimidan uzildi. AQSH va Yevropa Ittifoqi Rossiyaning oltin-valyuta zaxirasini blokladi.

Yevropa davlatlari, AQSH, Kanada Rossiya uchun o‘z havo hududini yopdi. Bu sanksiyalarga neytral davlat hisoblangan Shveysariya ham qo‘shildi. Urush fonida Ukrainani Yevropa Ittifoqi a’zoligiga qabul qilish jarayoni tezlashdi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

16

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing