Rossiya tongda Ukrainaning qator shaharlariga raketa bilan zarba berdi

Olam

image

Bugun, 25 iyun kuni Rossiya harbiylari Ukrainaning bir nechta shaharlariga havo, yer va dengizdan hujum qildi. Ayni vaqtda Jitomir, Lvov, Chernigov viloyatlariga zarba berilgani aniq.

UNIAN'ning xabar berishicha, Dnepropetrovsk viloyatiga artilleriyadan zarba berilgan, Xmelnitskiy viloyatiga uchirilgan raketa havoda zararsizlantirilgan.

Jitomir viloyatiga raketa zarbasi

Nashrning yozishicha, Belarus hududidan Jitomir viloyatiga 24 ta raketa uchirilgan. Jitomir meri Sergey Suxomlinning so‘zlariga ko‘ra, shahar va uning atrofidagi harbiy ob’ektlar o‘qqa tutilgan. 

Bir harbiy halok bo‘lgan, yana biri jarohatlangan. Tinch aholi orasidagi jabrlanganlar haqida ma’lumot yo‘q.

“Belaruskі Gayun” xabariga ko‘ra, rus uchuvchilari hiyla qilishgan: ular Ukraina kuchlari zarba bera olmasligi uchun Belarus-Ukraina chegarasida samolyotlardan zarba bergan.

Chernigov viloyatiga zarba

Shanba kuni ertalab soat 5:00 atrofida rus harbiylari Chernigov viloyatining Desna harbiy posyolkasiga havodan va yerdan raketa hujumlarini boshlagan. Hammasi bo‘lib Belarus hududidan 20 ta raketa uchirilgan.

Hujumda infratuzilma ob’ektlari zarar ko‘rgan. Hozircha qurbonlar yo‘qligi aytilmoqda.

Lvov viloyatida portlashlar

Rossiya qo‘shinlari Lvov viloyatining Yavorov tumanidagi harbiy ob’ektga Qora dengizdan oltita raketa uchirgan, ikkitasi urib tushirilgan.

Raketa hujumi natijasida to‘rt kishi tan jarohati olgan – bir kishi o‘rtacha, uch nafari yengil tan jarohati.

Xmelnitskiy viloyatiga raketa hujumi

25 iyun kuni ertalab havo hujumi paytida havo hujumidan mudofaa kuchlari ikkita raketani urib tushirdi, deya ma’lum qilgan Xmelnitskiy viloyat harbiy okrugi rahbari Sergey Gamal.

Raketalardan birining parchalari Kamenets-Podolsk viloyatidagi o‘rmonda qulagan. Yaradorlar yo‘q.

Ikkinchisining bo‘laklari Xmelnitskiy viloyatidagi jamoalardan biridagi bog‘ga tushgan. Halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar yo‘qligi aytilmoqda.

Dnepropetrovsk viloyatini o‘qqa tutish

Rus qo‘shinlari Krivoy Rog tumanini ham yana artilleriyadan o‘qqa tutgan. Shaxsiy hudud o‘qqa tutildi; qurbonlar orasida 60 yoshli ayol ham bor.

Rossiya-Ukraina urushi

Joriy yilning 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina sharqidagi o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Keyinroq RF respublikalarni shu nomdagi viloyatlar chegarasida tan olganini ta’kidlab, Ukrainaga qarshi urush xavfini oshirib yubordi.

Putinning favqulodda qarori ortidan AQSH, YeI, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yaponiya rasmiylari ham Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi.

24 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqida Donbassda rus harbiylari "maxsus harbiy operatsiya" boshlaganini e’lon qildi va rus qo‘shinlari Ukrainaga hujum boshladi. Putin bu harakatini Ukraina sharqidagi rossiyaparast separatist kuchlar rahbarlari shunday so‘rov yuborgani bilan oqladi.

Bundan avvalroq Zelenskiy Rossiya fuqarolariga rus tilida murojaat qilib, ukrainlarga “na sovuq, na issiq, na gibrid urush kerak emas”ligini, ukrainlar hujumchilarni kutib olishga tayyorligini bildirgandi. Ko‘p o‘tmay Prezident Rossiya bilan diplomatik aloqani uzdi. Prezident Zelenskiy mamlakatda harbiy holat e’lon qildi.

25 fevral kuni Zelenskiy Ukrainada umumiy harbiy safarbarlik e’lon qildi. Armiyaga chaqiruv mamlakatning qator viloyat va shaharlarida amalga oshirilishi belgilandi.

Rus qo‘shinlari hozirgacha Ukrainaga shimol, sharq va janubdan hujum qilib kelmoqda va qator hududlarni egallashga erishdi. Ammo bu urush Rossiyaning dunyoda yakkalanib qolishiga olib keldi.

Ukrainaga hujum boshlanishi Rossiya iqtisodiga og‘ir zarba berdi. Rus kompaniyalari aksiyalari keskin arzonlashdi, Moskva birjasida savdolar mislsiz darajada pasayish bilan o‘tdi. Gazprom, LUKOYL va boshqa yirik kompaniyalar yo‘qotishlarga uchradi.

Hujum boshlangach, Yevropa davlatlari va AQSH Rossiyaga qarshi bir necha bosqichli sanksiyalar joriy qildi. Rossiyaning VTB, “Rossiya” banki, “Otkritiya”, “Novikombank”, “Promsvyazbank”, “Sovkombank” va VEB.RF banklari SWIFT xalqaro banklararo tizimidan uzildi. AQSH va Yevropa Ittifoqi Rossiyaning oltin-valyuta zaxirasini blokladi.

Yevropa davlatlari, AQSH, Kanada Rossiya uchun o‘z havo hududini yopdi. Bu sanksiyalarga neytral davlat hisoblangan Shveysariya ham qo‘shildi. Urush fonida Ukrainani Yevropa Ittifoqi a’zoligiga qabul qilish jarayoni tezlashdi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

50

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing