Putinning niyati SSSRni tiklash – Bayden bu urush boshlanishi ekanini aytdi

Olam

image

Putin (Rossiya Prezidenti Vladimir Putin) tajovuzkor va u sobiq Sovet Ittifoqini qayta tiklash niyatida. Bu haqda AQSH Prezidenti Jo Bayden Ukrainadagi vaziyat yuzasidan qilgan murojaatida ta’kidladi. 

Prezident, shuningdek, Amerika qo‘shinlari “Ukrainada jang qilish” uchun Yevropaga bormasligini ham aniq aytgan. 

“O‘tgan yili biz Ukrainaga 650 million dollardan ortiq mudofaa yordami ko‘rsatganimizga qaramay, yana bir bor takror aytaman: bizning kuchlarimiz Ukrainadagi Rossiya bilan mojaroda ishtirok etmaydi va qo‘shilmaydi, bizning kuchlarimiz Yevropaga jang qilish uchun bormaydi. Lekin NATOdagi ittifoqchilarimizni himoya qiladi”, degan AQSH Prezidenti. 

Uning ta’kidlashicha, Vladimir Putin Ukrainaga qilingan hujum uchun to‘liq javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi va u tufayli Rossiya eng og‘ir oqibatlarga duch keladi. 

“Putin tajovuzkor. Putin bu urushni tanladi. Endi esa uning oqibatini u va uning davlati ko‘taradi”, degan Bayden. 

U, shuningdek, Rossiya Prezidenti sobiq Sovet Ittifoqini qayta tiklamoqchi, degan fikrda. 

“U Ukrainaga qaraganda ancha katta ambitsiyalarga ega. U, aslida, sobiq Sovet Ittifoqini tiklashni xohlaydi. Mana, gap nimada”, deydi Amerika rahbari.

Rossiyaning Ukrainaga bosqini

Joriy yilning 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina sharqidagi o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Keyinroq RF respublikalarni shu nomdagi viloyatlar chegaradagi tan olganini ta’kidlab, Ukrainaga qarshi urush xavfini oshirib yubordi.

Putinning favqulodda qarori ortidan AQSH, YeI, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yaponiya rasmiylari ham Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi.

24 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqida Donbassda rus harbiylari "maxsus harbiy operatsiya" boshlaganini e’lon qildi va rus qo‘shinlari Ukrainaga hujum boshladi. Putin bu harakatini Ukraina sharqidagi rossiyaparast separatist kuchlar rahbarlari shunday so‘rov yuborgani bilan oqladi.

Buning ortidan Zelenskiy Rossiya fuqarolariga rus tilida murojaat qilib, ukrainlarga “na sovuq, na issiq, na gibrid urush kerak emas”ligini, ukrainlar hujumchilarni kutib olishga tayyorligini bildirdi. Ko‘p o‘tmay Prezident Rossiya bilan diplomatik aloqani uzdi.

Rus qo‘shinlari dastlab Kiyev va Xarkovga raketa hujumi uyushtirdi. Prezident Zelenskiy mamlakatda harbiy holat e’lon qildi. Shuningdek, rasmiy idora rus qo‘shinlari Xarkov va Odessa viloyatiga kirib borganini bildirdi.

Hujum boshlanganidan ko‘p o‘tmay, LXR Ichki ishlar vaziri maslahatchisi Vitaliy Kiselev Schaste va Stanitsa shaharchalari LXR nazoratiga o‘tganini e’lon qildi.

Ukrainaga hujum boshlanishi Rossiya iqtisodiga og‘ir zarba berdi. Rus kompaniyalari aksiyalari keskin arzonlashdi, Moskva birjasida savdolar mislsiz darajada pasayish bilan o‘tdi. Gazprom, LUKOYL va boshqa yirik kompaniyalar yo‘qotishlarga uchradi.

25 fevral kuni Zelenskiy Ukrainada umumiy harbiy safarbarlik e’lon qildi. Armiyaga chaqiruv mamlakatning qator viloyat va shaharlarida amalga oshirilishi belgilandi.


Maqola muallifi

Teglar

Putin Bayden Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

119

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing