Putin Ilon Maskni “haqiqiy daho” deb atadi
Olam
−
15:10 924 2 daqiqa
Amerikalik tadbirkor Ilon Mask Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan sun’iy yöldoş texnologiyalari böyiça yaqin aloqada. Bu haqda Putin keça, 28 oktyabr kuni Moskvada bölib ötayotgan Rossiya – Afrika sammitida ma’lum qildi.
Putin sammitda Rossiyaning sun’iy yöldoşlar orqali internet taqdim etuvçi Rassvet loyihasi haqida gapirgan va Maskni “haqiqiy daho” deb atagan.
“U daho, haqiqiy daho. Biz amerikalik hamkorlarimiz, jumladan, janob Mask bilan yaqin aloqadamiz”, degan Putin.
Starlink Maskning SpaceX kompaniyasi tarkibiga kiradi. Putinning aytişiça, Rassvet va Starlink sun’iy yöldoşlari orbitada bir-biriga xalaqit bermasligi uçun Mask bilan aloqada böliş muhim.
“Biz va amerikalik hamkorlarimiz buni özaro muhim deb hisoblaymiz. Barça siyosiy masalalarga qaramay, bu yönalişda faol iş olib bormoqdamiz”, degan Rossiya Prezidenti.
Kompaniya ma’lumotlariga köra, Starlink orbitaga qariyb 13 mingta sun’iy yöldoş çiqargan. Onlayn kuzatuv tizimlari ma’lumotlariga köra, hozirda Rassvet tizimining orbitada atigi bir neça önta sun’iy yöldoşi mavjud.
Rossiyaning Janubiy Afrikadagi elçixonasi Rassvetni “Rossiyaning Starlink’ga muqobili” deb atagan. Şuningdek, loyiha mamlakatning mazkur sohadagi dastlabki qadamlaridan biri ekani ta’kidlangan.
Qayd etiş joiz, Putinning Rassvet va Starlink haqidagi bayonotlari AQŞ va Rossiya örtasidagi munosabatlar yaqinlaşayotgandek körinayotgan bir paytda yangradi. Bu holat Rossiyaning Ukrainaga qarşi keng kölamli uruş boşlaganiga beş yil tölişi arafasida sodir bölmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq SpaceX asosçisi Ilon Mask Ukraina uçun Starlink işlaşini nega çeklaganiga izoh berib, Ukraina Qurolli kuçlarini sun’iy yöldoş aloqasidan hujumkor zarbalar berişda foydalanganlikda ayblagan edi.
Jasmina Murtazoyeva
Live
Barchasi27 Oktyabr