“Tirqiş yopildi”. Mask Ukraina uçun Starlink işini nega çeklaganini oçiqladi
Olam
−
09:37 509 2 daqiqa
SpaceX asosçisi Ilon Mask Ukraina uçun Starlink işlaşini nega çeklaganiga izoh berib, Ukraina Qurolli kuçlarini sun’iy yöldoş aloqasidan hujumkor zarbalar berişda foydalanganlikda aybladi. Bu haqda u özining X ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida yozdi.
“Fuqarolik tijorat xizmati bölmiş Starlink’dan odamlarni öldiriş maqsadida dronlarning hujumkor zarbalari uçun foydalanişga heç qaçon ruxsat berilmagan. Starshield – bu AQŞ hukumati tomonidan nazorat qilinadigan boşqa tizim. Ular nima qilişni lozim topsalar, bu ularning işi.
Ukraina harbiylari Starlink’dan foydalaniş şartlarini buzdi va undan odamlarni öldiriş maqsadida dronlarning hujumkor zarbalari uçun foydalandi. Uşbu tirqiş ötgan haftada yopildi”, deydi tadbirkor.
Mask, şuningdek, Starlink Ukraina mudofaasi uçun öta muhim bölib qolayotganini, çunki bu loaqal hozirça tösib qöyiş yoki yöq qilişning imkoni bölmagan yagona tizim ekanini qöşimça qilgan.
“Agar Starlink öçirib qöyilsa, Ukrainaning front çiziği darhol qulaydi. Bu tahdid emas, şunçaki faktni ta’kidlaşdir. Starlink, şuningdek, uruşning dastlabki kunlarida Rossiyaning Ukrainani egallab olişiga yöl qöymaslikda hal qiluvçi rol öynadi, çunki boşqa barça aloqa vositalari Rossiya tomonidan yöq qilingan yoki tösib qöyilgan edi.
SpaceX Ukrainani himoya qiliş uçun Yerdagi har qanday xususiy kompaniyadan köra köproq iş qildi, ança köproq. Şu bilan birga, çeksiz qon tökilişini yoqlab çiqayotgan va nizoning real yeçimini taklif qilmayotgan munofiq, harbiylaşgan ğanimlarga nisbatan nafratimdan boşqa heç narsam yöq”, deb bayonot berdi tadbirkor.
Eslatib ötamiz, joriy yilning 21 oktyabr kuni Starlink sun’iy yöldoş aloqasidagi çeklovlar ukrainalik harbiylarga dronlarning bir qismidan foydalanişga xalaqit berayotgani ma’lum bölgan edi. “The Wall Street Journal” gazetasi SpaceX rahbari Ilon Mask bu masalani AQŞ Prezidenti Donald Tramp bilan şaxsan muhokama qilganini ta’kidlagan edi. 23 oktyabr kuni Donald Tramp Mask Ukrainaning Starlink sun’iy yöldoş tizimining harbiy versiyasi –Starshield’dan foydalaniş huquqini qayta tiklaganini ma’lum qildi.
Live
Barchasi