Polshalik fermerlar Yevrokomissiya rahbari uchun dor yasadi (video)
Olam
−
10 fevral
8177Yevropada tobora kuchayib borayotgan fermerlar aksiyasiga polyaklar ham qo‘shildi. Bu haqda "24tv" xabar berdi.
Qayd etilishicha, ular kechadan boshlab umummilliy ish tashlash bilan bog‘liq miting boshlagan.
Norozilik namoyishi Polshaning Bidgosh shahrida bo‘lib o‘tgan. Maydonda dehqonlar yevropalik amaldorlar uchun qatl maskanlari ham qurilgan.
Ushbu holat aks ettirilgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamaga sabab bo‘ldi. Tasvirlarda Yevropa Komissiyasi Prezidenti Ursula fon der Lyayen va Yevropa komissari Yanush Voysexovskiyning suratlari yopishtirilgan dahshatli qo‘g‘irchoqlar mavjud.
Qayd etilishicha, fermerlarning ish tashlashi joriy yilning 10 martigacha davom etishi kutilmoqda. Ular Ukraina qishloq xo‘jaligi mahsulotlari importini cheklashni, shuningdek, Yevropa Yashil bitimini rad etishni talab qilmoqdalar.
Ta’kidlash joizki, bir necha oylardan beri Yevropada davom etayotgan norozilik namoyishlari fonida nemis, fransuz, yunon va boshqa ko‘plab YeI davlatlari fermerlariga qo‘shilib Germaniyada temiryo‘lchilar ham bosh ko‘tardi. Fransiya hukumati xavfsizlik choralarini kuchaytirishi ortidan esa fermerlar poytaxtni traktorlar bilan to‘sib qo‘ydi. Bu vaziyat o‘z navbatida mamlakatdagi oziq-ovqat inqiroziga sabab bo‘ldi, hatto ekofaollar Luvrdagi “Mona Liza” portretiga sho‘rva uloqtirishgacha bordi. Yangi Bosh vazir Gabriel Attal esa tez orada fermerlarning muammolarini hal qilish uchun qarorlar qabul qilinishiga va’da berdi.