Fransiyada fermerlar poytaxtni traktorlar bilan to‘sib qo‘ydi (foto)
Olam
−
30 yanvar
7117Fransuz fermerlari inflyatsiya, qishloq xo‘jaligi importining ko‘payishi va YeIning emissiya va o‘g‘itlardan foydalanishni qisqartirish rejalariga norozilik bildirish uchun Parij va boshqa shaharlardagi yo‘llarni traktorlar bilan to‘sib qo‘yishdi. Bu haqda BBC xabar berdi.
Ko‘pgina fermerlar Yevropa Ittifoqining Yashil bitimini amalga oshirib bo‘lmaydigan va qimmat deb hisoblashadi.
Aksiya tashkilotchilari buni “Parij qamali” deb atashdi – aksiyada 1,5 mingga yaqin odam va kamida 800 ta traktor ishtirok etib, asosiy magistrallarni, jumladan Lill va Strasburgga olib boruvchi yo‘llarni to‘sib qo‘ydi.
“Hozirda Parijga kirish qiyin. 15 mingga yaqin politsiyachi tartibni ta’minlamoqda”, deya xabar beradi Fransiya TIV.
Fransiyada fermerlarning norozilik namoyishlari 23 yanvardan beri davom etmoqda. Moliyaviy to‘lovlar, qat’iy ekologik tartib-qoidalar va yetishtirilayotgan mahsulotning arzonligi fermerlarning noroziligiga sabab bo‘lmoqda.
Namoyishchilar hukumat binolari oldiga qishloq xo‘jaligi chiqindilarini tashlab, butun mamlakat bo‘ylab magistral yo‘llarni to‘smoqda.
LiveBarchasi