Fransiya Turkiyani mağlub etib, guruhda birinçi örinni egalladi

Sport

−

image

Keça, 15 noyabr kuni Fransiya terma jamoasi Millatlar ligasi guruh bosqiçining oltinçi turida öz maydonida Turkiyani 2:1 hisobida mağlub etdi. Uçraşuv Bordo şahrida bölib ötdi.

Hisob 49-daqiqada turkiyalik himoyaçi Emirxan Topçining öz darvozasiga gol kiritişi natijasida oçildi. 80-daqiqada Eli Krupi Fransiyaning ikkinçi golini urdi. Turkiya terma jamoasi safida Abdulkerim Bardakçi 90-daqiqada bitta gol bilan javob qaytardi.

Şu tariqa, Fransiya terma jamoasi 13 oçko bilan Millatlar ligasi Elit divizioni 1-guruhida birinçi örinni egalladi. Belgiya 12 oçko bilan ikkinçi, Italiya 10 oçko bilan uçinçi örinni band etdi. Turkiya esa oçkosiz qoldi.

Ma’lumot uçun, Elit divizionning har bir guruhida dastlabki ikki örinni egallagan jamoalar çorak finalga yöl oladi. Portugaliya musobaqaning amaldagi ğolibi hisoblanadi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing