Yevropa Ittifoqi sammiti fonida mingga yaqin fermerlar namoyishga chiqdi
Olam
−
01 fevral
5511Bugun, 1 fevral kuni yevropalik fermerlar Yevropa Ittifoqi davlat rahbarlari yig‘ilgan Bryusselga bordi. Bu haqda “Euronews” xabar berdi.
Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, fermerlar - asosan belgiyaliklar, fransuzlar va italiyaliklar - Yevropa Kengashi binosidan unchalik uzoq bo‘lmagan Lyuksemburg maydonida o‘t yoqib yuborgan. Bu sektor, shuningdek, Shuman aylanma yo‘li aksiya markaziga aylandi.
Italiya fermer xo‘jaliklari kasaba uyushmalarining asosiy konfederatsiyasi Coldiretti o‘zining mingga yaqin a’zolarini “qishloq xo‘jaligiga tahdid soluvchi jinnilik”ni qoralash uchun Yevropa markaziga to‘plashini e’lon qildi. Kecha, 31 yanvar kuni kechqurun fransuz va belgiyalik fermerlar birgalikda chegarani kesib o‘tishni to‘sib qo‘ygandi.
Noroziliklarga javoban Yevrokomissiya 2024 yil uchun ekologik majburiyatlardan “qisman” chekinishni ta’minlashga va Ukrainadan parranda go‘shti, tuxum va shakar importini cheklash mexanizmini ko‘rib chiqishga va’da berdi.
Namoyishchilar Bryusselning Yevropa parlamentidan uncha uzoq bo‘lmagan Lyuksemburg maydonida sanoatchi Jon Kokeril haykalini buzib tashladi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr