Fransiyada yana ommaviy namoyişlar boşlandi: 1,6 mln kişi iş taşladi (video)

Olam

−

image

Keça, 5 noyabr kuni Fransiyada yaşaş xarajatlarining oşişiga qarşi çiqqan kasaba uyuşmalarining ommaviy iş taşlaşi bölib ötdi. Umummilliy aksiya iştirokçilari iş haqini oşirişni, davlat xizmatlari faoliyatini, jumladan, ta’lim sohasidagi şaroitlarni yaxşilaşni talab qildi, şuningdek, maktab öquvçilari va talabalarning noroziliklarini qöllab-quvvatladi. Bu haqda Eng yirik kasaba uyuşmasi va aksiyaning rasmiy taşkilotçisi – CGT xabar berdi.

CGT ma’lumotlariga köra, butun mamlakat böylab iş taşlaşda taxminan 1,6 million kişi iştirok etgan. Parijda norozilik namoyişlariga 350 ming kişi çiqqan.

Fransiya IIV ma’lumotlariga köra, soat 17:00 holatida butun Fransiya böylab, şu jumladan Parijda ötkazilgan namoyişlarda 600 mingga yaqin kişi iştirok etgan. Mamlakat böylab jami 180 ga yaqin miting bölib ötgan.

BFM TV’ning xabar qilişiça, bu joriy kuzning eng ommaviy aksiyasi bölgan.

IIV, şuningdek, Renn, Tuluza, Bordo, Strasburg va Parijdagi norozilik namoyişlari çoğida bir neçta zöravonlik va zarar yetkaziş holatlari qayd etilganini ma’lum qilgan. Biroq Fransiya OAV xabarlaridan körinişiça, aksiyalar asosan tinç ötgan. Butun mamlakat böylab ötkazilgan aksiyalarda tartibni 70 ming politsiyaçi nazorat qilgan.

Eslatib ötamiz, sentyabr oyi oxiridan beri Fransiya kölami böyiça misli körilmagan köça noroziliklari tölqinini boşdan keçirmoqda. Ta’lim tizimidagi kamçiliklar va yaşaş xarajatlarining oşişiga qarşi çiqqan maktab öquvçilari va talabalarning aksiyalariga mamlakatning boşqa aholisi ham qöşilgan. 17-18 oktyabr kungi norozilik namoyişlari tartibsizliklar va politsiya bilan töqnaşuvlar bilan keçdi. Noroziliklar fonida Fransiyada siyosiy inqiroz keskinlaşdi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing