Germaniyada zumerlar namoyişi paytida 17 ta dökonga zarar yetkazildi
Olam
−
09:40 475 2 daqiqa
Germaniyaning Frankfurt şahrida zumerlar harakati tomonidan taşkil etilgan namoyişlar tartibsizliklar va dökonlarning talon-toroj qilinişi bilan yakunlandi. Töqnaşuvlarda 100 nafardan ortiq politsiyaçi jarohatlandi, 54 kişi qölga olindi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, joriy yilning 31 oktyabr kuni Germaniyaning önlab şaharlarida ön minglab yoşlar ta’lim sifatini yaxşilaş va yaşaş xarajatlarini kamaytirişni talab qilib namoyişga çiqqan. “Gen Z regelt” (“Gen Z boşqaradi”) harakati tomonidan uyuştirilgan norozilik namoyişlari Frankfurt şahrida tartibsizliklarga aylangan.

Gessen federal yeri içki işlar vaziri Roman Pozekning ma’lum qilişiça, kapyuşon kiygan namoyişçilar Frankfurtdagi 17 ta dökonga zarar yetkazgan, ulardan beştasini talon-toroj qilgan.

Politsiya tartibsizliklarni jilovlaş uçun 1 300 nafar xodimni jalb qilgan. Töqnaşuvlar vaqtida 100 nafardan ortiq politsiyaçi jarohatlangan.

Şuningdek, yoşi 13 dan 29 gaça bölgan 54 kişi qölga olingan. Pozekning aytişiça, ularning aksariyati Germaniya fuqarolari bölgan. Politsiya tartibsizliklarda qatnaşganlar sonini 1 000–1 500 nafar deb baholagan.

Frankfurt politsiyasi namoyişlar vaqtida binolar oynalari sindirilgani, huquq-tartibot idoralari xodimlariga esa benzinli bombalar, toş va şişalar uloqtirilganini bildirgan.

Germaniya Içki işlar vaziri Aleksandr Dobrindt tartibsizliklarda qatnaşganlar aniqlanib, javobgarlikka tortilişini aytdi. U bunday holatlarga nisbatan qattiq jazolar qöllanişini ta’kidladi.

Ma’lumot uçun, Germaniyadagi namoyişlarda ta’lim, ijtimoiy xizmatlar, madaniyat va soğliqni saqlaş sohalarining yetarli moliyalaştirilmasligi, yaşaş xarajatlarining oşişi hamda harbiy xizmatga çaqiriş masalalariga e’tiroz bildirilgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Germaniyaning Frankfurt şahrida yoşlar namoyişi vaqtida tartibsizliklar yuz bergani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi01 Noyabr