Fransiyada oziq-ovqat inqirozi boshlandi
Olam
−
01 fevral
10351Norozilik namoyishlari o‘tkazayotgan fermerlar tomonidan avtomobil yo‘llarining yopilishi, ayrim mahsulotlarni yetkazib berishda jiddiy uzilishlar yuzaga kelgani sabab, Fransiya oziq-ovqat inqiroziga duch kelmoqda. Bu haqda BFM TV xabar berdi.
Unga ko‘ra, respublikaning shimoli-sharqidagi Arden departamentidagi ko‘plab supermarketlarda non, yogurt, yangi meva va sabzavotlar, salat va tayyor sendvichlar yo‘q. Mamlakatning janubiy qismida esa non va boshqa muhim mahsulotlar yetishmayapti. Grenobldagi (Fransiyaning janubi-sharqida) supermarketlarda bo‘lsa go‘sht, baliq va pishloqlar taqchil.
Namoyishchi fermerlar magistral yo‘llarni to‘sib qo‘yishdan tashqari, mamlakatning turli hududlaridagi omborlar va logistika markazlariga kirishni ham berkitib qo‘ygan.
Ta’kidlash joizki, fransuz fermerlari inflyatsiya, qishloq xo‘jaligi importining ko‘payishi va YeIning emissiya va o‘g‘itlardan foydalanishni qisqartirish rejalariga norozilik bildirib, keng ko‘lamli namoyishga chiqqan.
LiveBarchasi