Fransiya tarixidagi eng yosh Bosh vazir tayinlandi
Olam
−
09 yanvar
13855Fransiya sobiq Bosh vaziri Elizabet Born hukumatida Milliy ta’lim vaziri bo‘lib ishlagan Gabriel Attal Beshinchi respublikaning yangi bosh vaziri etib tayinlandi. Tegishli farmon bugun, 9 yanvar kuni Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron tomonidan imzolandi.
34 yoshli Gabriel Attal Makronning eng yaqin ittifoqchilaridan biri. Ko‘plab ekspertlarning fikricha, Makron uni prezidentlik lavozimining potensial vorisi deb biladi.
Attal Fransiya tarixidagi eng yosh hukumat rahbariga aylandi. Undan oldingi rekord 1984 yilda 37 yoshli Loran Fabius bosh vazir bo‘lganida o‘rnatilgandi.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 8 yanvar kuni Elizabet Born iste’foga chiqqandi. U 2022 yilning may oyidan beri Fransiya vazirlar mahkamasiga rahbarlik qilib kelardi va o‘tgan yili ko‘plab noroziliklarga sabab bo‘lgan pensiya islohotini kiritgandi.
LiveBarchasi