Polsha Ukrainada Rossiya raketalariga qarshilik ko‘rsatmoqchi

Olam

image

Agar Rossiya Ukrainaning Polsha bilan chegaradosh tumanlariga zarba berishni to‘xtatmasa, rasmiy Varshava g‘arbiy viloyatlarning havo mudofaasini o‘z zimmasiga olishi mumkin. Bu haqda dala qo‘mondoni,Poltsha milliy xavfsizlik byurosining sobiq rahbari Stanislav Kozey “Onet”ga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Ukraina va Rossiya Federatsiyasining texnik jihozlanishi haqida gapirar ekan, polshalik general urushning boshidagi vaziyat bilan solishtirganda ukrainaliklar G‘arbdan ko‘plab zamonaviy harbiy texnika olganini ta’kidlagan. Ruslar bu holatda yutqazadi, chunki ular eskirgan, sovet yoki postsovet uskunalariga tayanmoqda. Biroq, miqdoriy jihatdan, shubhasiz, Rossiya Federatsiyasi hali ham jiddiy xavf tug‘diradi.

Ukrainadagi havo xavfsizligi bilan bog‘liq vaziyatni tavsiflar ekan, Kozey raketa zarbalarining Polsha chegarasiga yaqinligini hisobga olib, g‘arbiy viloyatlarda raketaga qarshi mudofaa imkoniyatlarini taklif qilgan.

“Bizda profilaktik sug‘urta qilish va bu haqda Rossiyani ogohlantirish uchun asoslarimiz bor. Agar u bizning chegaramizga uzoq masofali raketalar bilan hujum qilishni to‘xtatmasa, biz shu kunlarda G‘arbiy Ukraina ustidan raketaga qarshi mudofaani joriy qilishimiz mumkin”, deydi polshalik general.

Uning ta’kidlashicha, Rossiya allaqachon urushda siyosiy va strategik darajada mag‘lub bo‘lgan. Shu bilan birga, u Rossiya Ukrainadan kuchsizlanib chiqishiga shubha qilmaydi.

Rossiya-Ukraina urushi

Joriy yilning 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina sharqidagi o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Keyinroq RF respublikalarni shu nomdagi viloyatlar chegarasida tan olganini ta’kidlab, Ukrainaga qarshi urush xavfini oshirib yubordi.

Putinning favqulodda qarori ortidan AQSH, YeI, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yaponiya rasmiylari ham Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi.

24 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqida Donbassda rus harbiylari "maxsus harbiy operatsiya" boshlaganini e’lon qildi va rus qo‘shinlari Ukrainaga hujum boshladi. Putin bu harakatini Ukraina sharqidagi rossiyaparast separatist kuchlar rahbarlari shunday so‘rov yuborgani bilan oqladi.

Bundan avvalroq Zelenskiy Rossiya fuqarolariga rus tilida murojaat qilib, ukrainlarga “na sovuq, na issiq, na gibrid urush kerak emas”ligini, ukrainlar hujumchilarni kutib olishga tayyorligini bildirgandi. Ko‘p o‘tmay Prezident Rossiya bilan diplomatik aloqani uzdi. Prezident Zelenskiy mamlakatda harbiy holat e’lon qildi.

25 fevral kuni Zelenskiy Ukrainada umumiy harbiy safarbarlik e’lon qildi. Armiyaga chaqiruv mamlakatning qator viloyat va shaharlarida amalga oshirilishi belgilandi.

Rus qo‘shinlari hozirgacha Ukrainaga shimol, sharq va janubdan hujum qilib kelmoqda va qator hududlarni egallashga erishdi. Ammo bu urush Rossiyaning dunyoda yakkalanib qolishiga olib keldi.

Ukrainaga hujum boshlanishi Rossiya iqtisodiga og‘ir zarba berdi. Rus kompaniyalari aksiyalari keskin arzonlashdi, Moskva birjasida savdolar mislsiz darajada pasayish bilan o‘tdi. Gazprom, LUKOYL va boshqa yirik kompaniyalar yo‘qotishlarga uchradi.

Hujum boshlangach, Yevropa davlatlari va AQSH Rossiyaga qarshi bir necha bosqichli sanksiyalar joriy qildi. Rossiyaning VTB, “Rossiya” banki, “Otkritiya”, “Novikombank”, “Promsvyazbank”, “Sovkombank” va VEB.RF banklari SWIFT xalqaro banklararo tizimidan uzildi. AQSH va Yevropa Ittifoqi Rossiyaning oltin-valyuta zaxirasini blokladi.

Yevropa davlatlari, AQSH, Kanada Rossiya uchun o‘z havo hududini yopdi. Bu sanksiyalarga neytral davlat hisoblangan Shveysariya ham qo‘shildi. Urush fonida Ukrainani Yevropa Ittifoqi a’zoligiga qabul qilish jarayoni tezlashdi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

20

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing