Podolyak NATOni provokatsion bayonotlar berishda aybladi
Olam
−
19 mart 2022
18164NATO Ukrainadagi urushda qatnashmaydi va mamlakat osmonini yopmaydi. Bu esa Rossiya bilan harbiy to‘qnashuvga olib keladi. Bu haqda Ukraina Prezidenti devoni rahbarining maslahatchisi Mixail Podolyak o‘z bayonotida aytib o‘tgan.
“Vazir Lambrext (Germaniya Mudofaa vaziri Kristina Lambrext – tahr.) NATO mojarolarga aralashmasligini va Ukraina uzra uchish taqiqlangan hudud yaratmasligini aytdi. Yevropa siyosatchilarining har bir bunday bayonoti Rossiya Federatsiyasini Ukrainada qirg‘in qilishga undaydi. Urushni urush deb atashni istamasangiz va Putindan qo‘rqayotgan bo‘lsangiz, hech bo‘lmaganda, provokatsion bayonotlar bermang”, deydi Podolyak.
Maslahatchi, shuningdek Rossiya fuqaro aviatsiyasining ichki parvozlarini qanday cheklash kerakligini ham aytib o‘tgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Bermud oroli fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi jami 1367 ta rus samolyotidan 745 tasining “uchishga yaroqlilik sertifikatlari”ni bekor qilgan. Qolgan jihozlar lizingga (uzoq muddatli ijara – tahr.) olingan ob’ektlardir. Orol aviatsiyasi Rossiya Federatsiyasidan tashqariga uchmaydi, chunki u boshqa organlarning sertifikatlarini bekor qilishdan va Rossiya operatorlari bilan shartnomalarni bekor qilishdan qo‘rqadi.
Podolyakning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya bunga javoban lizing to‘lovlarini amalga oshirmasligi va samolyotni milliylashtirishini ma’lum qilgan. Bu xalqaro huquqni qo‘pol ravishda buzish bo‘lib, javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Rossiya-Ukraina urushi
Joriy yilning 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina sharqidagi o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Keyinroq RF respublikalarni shu nomdagi viloyatlar chegaradagi tan olganini ta’kidlab, Ukrainaga qarshi urush xavfini oshirib yubordi.
Putinning favqulodda qarori ortidan AQSH, YeI, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yaponiya rasmiylari ham Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi.
24 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqida Donbassda rus harbiylari "maxsus harbiy operatsiya" boshlaganini e’lon qildi va rus qo‘shinlari Ukrainaga hujum boshladi. Putin bu harakatini Ukraina sharqidagi rossiyaparast separatist kuchlar rahbarlari shunday so‘rov yuborgani bilan oqladi.
Bundan avvalroq Zelenskiy Rossiya fuqarolariga rus tilida murojaat qilib, ukrainlarga “na sovuq, na issiq, na gibrid urush kerak emas”ligini, ukrainlar hujumchilarni kutib olishga tayyorligini bildirgandi. Ko‘p o‘tmay Prezident Rossiya bilan diplomatik aloqani uzdi. Prezident Zelenskiy mamlakatda harbiy holat e’lon qildi.
25 fevral kuni Zelenskiy Ukrainada umumiy harbiy safarbarlik e’lon qildi. Armiyaga chaqiruv mamlakatning qator viloyat va shaharlarida amalga oshirilishi belgilandi.
Rus qo‘shinlari hozirgacha Ukrainaga shimol, sharq va janubdan hujum qilib kelmoqda va qator hududlarni egallashga erishdi. Ammo bu urush Rossiyaning dunyoda yakkalanib qolishiga olib keldi.
Ukrainaga hujum boshlanishi Rossiya iqtisodiga og‘ir zarba berdi. Rus kompaniyalari aksiyalari keskin arzonlashdi, Moskva birjasida savdolar mislsiz darajada pasayish bilan o‘tdi. Gazprom, LUKOYL va boshqa yirik kompaniyalar yo‘qotishlarga uchradi.
Hujum boshlangach, Yevropa davlatlari va AQSH Rossiyaga qarshi bir necha bosqichli sanksiyalar joriy qildi. Rossiyaning VTB, “Rossiya” banki, “Otkritiya”, “Novikombank”, “Promsvyazbank”, “Sovkombank” va VEB.RF banklari SWIFT xalqaro banklararo tizimidan uzildi. AQSH va Yevropa Ittifoqi Rossiyaning oltin-valyuta zaxirasini blokladi.
Yevropa davlatlari, AQSH, Kanada Rossiya uchun o‘z havo hududini yopdi. Bu sanksiyalarga neytral davlat hisoblangan Shveysariya ham qo‘shildi. Urush fonida Ukrainani Yevropa Ittifoqi a’zoligiga qabul qilish jarayoni tezlashdi.
LiveBarchasi