Pentagon Ukraina so‘ragan raketalar ishlab chiqarilishini tezlashtiradi

Olam

image

AQSH Mudofaa vazirligi Stinger zenit-raketa majmualari va Javelin tankga qarshi raketa majmualarini ishlab chiqarishni tezlashtirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda CNN xabar bermoqda. 

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, AQSHning Stinger raketalarini ishlab chiqarish liniyasi yopilgan, ammo xorijga sotish buyurtmalarini bajarish uchun u qayta ishga tushirilgan. 

Pentagon vakili Jessika Maksvellning so‘zlariga ko‘ra, hozirda samarali ishlashni ta’minlash uchun ishlab chiqarish quvvatlarining bir nechta variantlari ko‘rib chiqilmoqda. Uning ta’kidlashicha, qo‘shimcha ishchilarni yollash, jihozlarning eskirgan qismlarini almashtirish va ishlab chiqarish uchun qo‘shimcha asboblar sotib olish mumkin. Qayd etilishicha, hozir Stinger raketalarining partiyasini ishlab chiqarish uchun bir yarim yildan ikki yilgacha vaqt ketadi.

AQSH Mudofaa vazirligi Javelin raketalarini ham ishlab chiqarishni ko‘paytirishga ishonmoqda.

Telekanal tomonidan ko‘rilgan hujjatlarda 2022 yilga borib Mudofaa vazirligi yiliga 6000 dan ortiq Javelin raketalarini ishlab chiqarish kutilmoqda.

Avvalroq, Ukraina AQSH rasmiylaridan har kuni 500 ta Stinger zenit-raketalari va tankga qarshi Javelin raketa komplekslarini yetkazib berishni so‘rayotgani aytilgandi.

Rossiya-Ukraina urushi

Joriy yilning 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina sharqidagi o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Keyinroq RF respublikalarni shu nomdagi viloyatlar chegarasida tan olganini ta’kidlab, Ukrainaga qarshi urush xavfini oshirib yubordi.

Putinning favqulodda qarori ortidan AQSH, YeI, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yaponiya rasmiylari ham Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi.

24 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqida Donbassda rus harbiylari "maxsus harbiy operatsiya" boshlaganini e’lon qildi va rus qo‘shinlari Ukrainaga hujum boshladi. Putin bu harakatini Ukraina sharqidagi rossiyaparast separatist kuchlar rahbarlari shunday so‘rov yuborgani bilan oqladi.

Bundan avvalroq Zelenskiy Rossiya fuqarolariga rus tilida murojaat qilib, ukrainlarga “na sovuq, na issiq, na gibrid urush kerak emas”ligini, ukrainlar hujumchilarni kutib olishga tayyorligini bildirgandi. Ko‘p o‘tmay Prezident Rossiya bilan diplomatik aloqani uzdi. Prezident Zelenskiy mamlakatda harbiy holat e’lon qildi.

25 fevral kuni Zelenskiy Ukrainada umumiy harbiy safarbarlik e’lon qildi. Armiyaga chaqiruv mamlakatning qator viloyat va shaharlarida amalga oshirilishi belgilandi.

Rus qo‘shinlari hozirgacha Ukrainaga shimol, sharq va janubdan hujum qilib kelmoqda va qator hududlarni egallashga erishdi. Ammo bu urush Rossiyaning dunyoda yakkalanib qolishiga olib keldi.

Ukrainaga hujum boshlanishi Rossiya iqtisodiga og‘ir zarba berdi. Rus kompaniyalari aksiyalari keskin arzonlashdi, Moskva birjasida savdolar mislsiz darajada pasayish bilan o‘tdi. Gazprom, LUKOYL va boshqa yirik kompaniyalar yo‘qotishlarga uchradi.

Hujum boshlangach, Yevropa davlatlari va AQSH Rossiyaga qarshi bir necha bosqichli sanksiyalar joriy qildi. Rossiyaning VTB, “Rossiya” banki, “Otkritiya”, “Novikombank”, “Promsvyazbank”, “Sovkombank” va VEB.RF banklari SWIFT xalqaro banklararo tizimidan uzildi. AQSH va Yevropa Ittifoqi Rossiyaning oltin-valyuta zaxirasini blokladi.

Yevropa davlatlari, AQSH, Kanada Rossiya uchun o‘z havo hududini yopdi. Bu sanksiyalarga neytral davlat hisoblangan Shveysariya ham qo‘shildi. Urush fonida Ukrainani Yevropa Ittifoqi a’zoligiga qabul qilish jarayoni tezlashdi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

9

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing