Osmonimizni yoping yoki... Zelenskiy G‘arbga o‘z talablarini aytdi
Olam
−
07 mart 2022
20482Ukraina Qurolli kuchlari mamlakatga bostirib kirgan Rossiya harbiylarini qanday jazolashni biladi. Bu haqda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bugun, 7 mart kuni brifing chog‘ida aytib o‘tdi.
“Bizning Qurolli Kuchlarimiz buni qanday qilishni biladi. Dushman charchagan, ruhiy tushkunlikka tushgan. Ular yurtimizga bu yerda hech qachon bo‘lmagan narsani – qo‘rqoqlikni, qullikka rozilikni izlash uchun kelgan. Har qanday oddiy odam yonib ketgan uylarga qarashdan qo‘rqadi, buni tushunsa bo‘ladi, panelli ko‘p qavatli binolar, oddiy avtomobillar vayron bo‘ldi, raketalar, aviabombalar, do‘llar, odamlarga qarshi minomyotlar ishlatildi”, dedi Zelenskiy.
Zelenskiy xalqaro hamjamiyatni Ukraina osmonini yopishga yoki “o‘z kuchlari yoki qurollarini yetkazib berishni va shu orqali nafaqat Ukrainaga, balki o‘zlariga ham yordam berishga” chaqirdi.
“Ukraina osmonini himoya qilish uchun yana qancha o‘lim va yo‘qotish kerak? Xarkov yoki Nikolayevdagi tinch odamlar Gamburg yoki Venadagidan qanday farq qiladi? Biz qarorni kutmoqdamiz. Osmonni tozalash. Yoki sizda bor kuchni. Yoki siz bizga kerakli qudratni beradigan jangovar samolyotlar va havo mudofaasi vositalarini yetkazib bering. Bu insoniyat g‘alaba qozonishini isbotlash uchun dunyo nafaqat Ukrainaga, balki o‘ziga ko‘rsatishi kerak bo‘lgan yordam. Iloji boricha tezroq”, degan Prezident.
Rossiya-Ukraina urushi
Joriy yilning 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina sharqidagi o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Keyinroq RF respublikalarni shu nomdagi viloyatlar chegaradagi tan olganini ta’kidlab, Ukrainaga qarshi urush xavfini oshirib yubordi.
Putinning favqulodda qarori ortidan AQSH, YeI, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yaponiya rasmiylari ham Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi.
24 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqida Donbassda rus harbiylari "maxsus harbiy operatsiya" boshlaganini e’lon qildi va rus qo‘shinlari Ukrainaga hujum boshladi. Putin bu harakatini Ukraina sharqidagi rossiyaparast separatist kuchlar rahbarlari shunday so‘rov yuborgani bilan oqladi.
Bundan avvalroq Zelenskiy Rossiya fuqarolariga rus tilida murojaat qilib, ukrainlarga “na sovuq, na issiq, na gibrid urush kerak emas”ligini, ukrainlar hujumchilarni kutib olishga tayyorligini bildirgandi. Ko‘p o‘tmay Prezident Rossiya bilan diplomatik aloqani uzdi. Prezident Zelenskiy mamlakatda harbiy holat e’lon qildi.
25 fevral kuni Zelenskiy Ukrainada umumiy harbiy safarbarlik e’lon qildi. Armiyaga chaqiruv mamlakatning qator viloyat va shaharlarida amalga oshirilishi belgilandi.
Rus qo‘shinlari hozirgacha Ukrainaga shimol, sharq va janubdan hujum qilib kelmoqda va qator hududlarni egallashga erishdi. Ammo bu urush Rossiyaning dunyoda yakkalanib qolishiga olib keldi.
Ukrainaga hujum boshlanishi Rossiya iqtisodiga og‘ir zarba berdi. Rus kompaniyalari aksiyalari keskin arzonlashdi, Moskva birjasida savdolar mislsiz darajada pasayish bilan o‘tdi. Gazprom, LUKOYL va boshqa yirik kompaniyalar yo‘qotishlarga uchradi.
Hujum boshlangach, Yevropa davlatlari va AQSH Rossiyaga qarshi bir necha bosqichli sanksiyalar joriy qildi. Rossiyaning VTB, “Rossiya” banki, “Otkritiya”, “Novikombank”, “Promsvyazbank”, “Sovkombank” va VEB.RF banklari SWIFT xalqaro banklararo tizimidan uzildi. AQSH va Yevropa Ittifoqi Rossiyaning oltin-valyuta zaxirasini blokladi.
Yevropa davlatlari, AQSH, Kanada Rossiya uchun o‘z havo hududini yopdi. Bu sanksiyalarga neytral davlat hisoblangan Shveysariya ham qo‘shildi. Urush fonida Ukrainani Yevropa Ittifoqi a’zoligiga qabul qilish jarayoni tezlashdi.
LiveBarchasi