Nurlarga cho‘mgan, nurlardan to‘ygan shahar. Qozog‘istonda poytaxt o‘zgaradimi?

Olam

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Qozog‘iston poytaxtini Nur-Sulton shahridan Qo‘stanayga ko‘chirilishi haqida ma’lumotlar tarqaldi. Ko‘plab bahslarni keltirib chiqargan ushbu masalaga Axborot va ijtimoiy rivojlanish vazirligi ko‘magida noaniq ma’lumotlarga qarshi kurashish maqsadida yaratilgan stopfake.kz portali nuqta qo‘ydi. 

“Ijtimoiy tarmoqlarda [mamlakat Prezidenti] Qosim-Jomart To‘qayev poytaxtning Qo‘stanayga ko‘chirilishi haqida e’lon qilgani haqidagi ma’lumotlar tarqalmoqda. Bu haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi”, deyiladi xabarda. 

1997 yilda mamlakatning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev poytaxtni Olmaotadan Aqmolaga ko‘chirdi. 1998 yilga kelib Aqmola nomi Ostona nomi o‘zgartirildi. 2019 yil 23 mart kuni Prezident Qosim-Jomart To‘qayev Ostona shahrini Nazarboyev sharafiga Nur-Sulton shahri deb qayta nomlash to‘g‘risidagi farmonni imzolagan edi. Nursulton Nazarboyev tavallud topgan kun – 6 iyun mamlakatda poytaxt kuni sifatida nishonlanishi belgilangan. 

Ayni vaqtda mamlakatda Nursulton Nazarboyevning, uning nomi bilan ataladigan ko‘chalar va idoralarga nisbatan xalq orasida katta norozilik kayfiyati shakllangan. Hatto, 2019 yilda To‘qayev poytaxt nomini Nur-Sulton deb o‘zgartirmoqchi bo‘lganida ham bunga qarshiliklar bo‘lgan

Nazarboyevning siyosiy intihosi

2019 yil mart oyida Prezident lavozimini Qosim-Jomart To‘qayevga topshirib, Elboshi rutbasini olgan va Xavfsizlik Kengashini boshqarib kelayotgan Nursulton Nazarboyev Qozog‘istondagi namoyishlar avj olishi fonida Xavfsizlik Kengashi boshqaruvini ham qo‘sh qo‘llab Prezident To‘qayevga topshirdi. O‘shandan buyon uning qayerdaligi shubha ostida. Garchi Nazarboyevning atrofidagilar 8 yanvardan boshlab tilga kirib, uning mamlakatda bo‘lib turganini aytayotgan bo‘lsa-da, sobiq Prezident hozirgacha bir-ikki videomurojaatlardan tashqari, hech qayerda ko‘rinish bermadi. Hatto, to‘ng‘ich qizi – deputat Darig‘a Nazarboyeva ham 11-12 yanvar va 1-2 fevral kunlari bo‘lib o‘tgan Parlament yalpi majlisida ishtirok etmagan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, u maoshsiz mehnat ta’tilida. Bu orada esa u “Nur Otan” siyosiy kengashi a’zoligidan ketdi.

Nazarboyev ko‘rinish bermayotgan bir vaqtda esa uning hatto, sog‘lig‘i haqida mish-mishlar tarqala boshladi. Namoyishlarda esa sobiq Prezidentning Olma-otadagi saroyi yoqib yuborildi, haykali qo‘porib tashlandi. 

Avvalroq, Nazarboyevning kuyovlari: Aliyaning (kenja qizi) turmush o‘rtog‘i Dimash Dosanov “Kaztransoyl” AJ rahbarigidan, Darig‘aning (to‘ng‘ich qizi) turmush o‘rtog‘i Kayrat Sharipbayev “QazaqGaz” milliy kompaniyasi AJ rahbarligidan ketgandi. 17 yanvar kuni o‘rtancha qiz Dinaraning turmush o‘rtog‘i Timur Kulibayev “Atameken” milliy tadbirkorlar palatasi prezidiumi raisi lavozimini tark etdi

28 yanvar kuni Nazarboyev “Nur Otan” partiyasi rasiligini ham Prezident Qosim-Jomart To‘qayevga topshirdi

2 fevral kuni Qozog‘iston parlamenti mamlakatning Birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning Xavfsizlik kengashi va Qozog‘iston xalqi assambleyasiga umrbod raislik qilishini bekor qiluvchi qonunni qabul qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

227

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made