Navalniyning Rossiyaga qaytishi ortidan Tixanovskaya ham Belarusga qaytmoqchi
Olam
−
19 yanvar 2021
6499Belarus prezidentligiga sobiq nomzod va muholifat yetakchisi Svetlana Tixanovskaya Halqaro tashkilotlardan o‘z vataniga xavfsiz qaytishi uchun kafolat so‘radi. Bu haqda Tixanovskaya Telegram kanalida ma’lum qilgan.
“Halqaro hamjamiyat bilan birgalikda men Belarusga xavfsiz qaytish yo‘llarini izlamoqdaman. Menga nisbatan ikki jinoiy ish qo‘zg‘atilib, davlatlararo qidiruv e’lon qilingani sababli, xavfsiz qaytishim uchun kafolat bo‘lishi kerak”, deydi Tixanovskaya.
Ma’lumot o‘rnida, o‘tgan yilning 9 avgustida Belarusda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlari natijasidan aholi norozi bo‘lib, namoyishga chiqqan edi. Shundan beri mamlakatdagi norozilik harakatlari davom etib, eng kamida har dam olish kunlari mamlakat poytaxti Minsk ko‘chalarida norzilik yurishlari bo‘lib o‘tmoqda.
Bu voqealar fonida muholifat yetakchisi Svetlana Tihanovskaya o‘tgan yilning 11 avgust kuni mamlakatni tark etishga majbur bo‘ldi. Keyinroq u Litvada xavfsizlikda ekanligi ma’lum qilingan edi.
O‘tgan yilning 16 oktyabr kuni Svetlana Tixanovskaya Belarus tomonidan davlat xavfsizligiga zarar yetkazadigan harakatlarni targ‘ib qilganlikda ayblanib, xalqaro qidiruvga berilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya muholifati yetakchisi Aleksey Navalniy joriy yilning 17 yanvar kuni Germaniyadagi uzoq muddatli davolanishdan so‘ng Rossiyaga qaytdi. Korrupsiyaga qarshi kurash fondi asoschisi Navalniy o‘tgan yilning 29 dekabridan beri qidiruvda bo‘lgan va u Moskvaning Sheremetevo aeroportiga qo‘nishi bilan hibsga olingan.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyaning Ximki shahar sudi Jazolarni ijro etish federal xizmati da’vosiga ko‘ra, muxolifatchi Aleksey Navalniyni 30 sutkaga ya’ni 15 fevralgacha qamoqqa olish haqida qaror chiqargan. Sayyor sud Ximki politsiya uchastkasida shoshilinch tarzda o‘tkazilgan.
LiveBarchasi