Makron o‘qituvchining o‘ldirilishida yana Islom dinini aybladi

Olam

image
Oliy Majlis qonunni imi-jimida Senatga yubordi. Mahalliy tadbirkorlar sho‘riga sho‘rva to‘kilishi mumkin north_east

Oliy Majlis qonunni imi-jimida Senatga yubordi. Mahalliy tadbirkorlar sho‘riga sho‘rva to‘kilishi mumkin

Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Parij yaqinidagi hududda maktab o‘qituvchisini o‘ldirgan joyga bordi. Davlat rahbari o‘ldirilgan tarix o‘qituvchisining hamkasblarini qo‘llab-quvvatlashi va bhamdardligini bildirdi. 

Hujum kecha, 16 oktyabr kuni Parij vaqti bilan soat 17:00 da poytaxtdan uch o‘n kilometr uzoqlikda joylashgan Konflan-Sent-Onorin nomli kichik shaharchada sodir bo‘ldi. Qotil pichoq bilan qurollanib, maktab yonida o‘qituvchiga boshini tanasidan judo qilgan. Keyin u shahar politsiyasi tomonidan otib o‘ldirilgan. 

Qotilning shaxsi

Rasmiylar hujum qilgan shaxsning tafsilotlarini hali e’lon qilgani yo‘q. Rasmiy manbalardan ma’lum bo‘lishicha,  u haqida ma’lumot huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tomonidan olib boriladigan terrorchilarning ma’lumotlar bazalarida mavjud emas. Ommaviy axborot vositalarida aytilishicha, ushbu jinoyatni asli 18 yoshli chechenistonlik chet el fuqarosi sodir etgan. "Le Figaro" gazetasining yozishicha, u 2002 yilda Moskvada tug‘ilgan, ammo Fransiyada yashaygan. Ushbu ma’lumotlar rasman tasdiqlanmagan. 

Rossiyaning Parijdagi elchixonasi Matbuot xizmati rahbari Sergey Parinovning TASS muxbiriga aytishicha, rossiyalik diplomatlar hujum qilgan shaxs haqida Fransiya rasmiylaridan ma’lumot so‘ragan. "Hozirda bizda jinoyatda gumon qilinayotgan shaxsning fuqaroligi to‘g‘risida ma’lumot yo‘q”, deydi diplomat.  

Kechasi politsiya qotilning qarindoshlari kvartiralarida bir qator tintuvlar o‘tkazgan. 

Bugun, 17 oktyabr kuni respublika prokurori tomonidan jinoyat xronologiyasi va terrorchining shaxsi to‘g‘risida birinchi rasmiy ma’lumotlar taqdim etilishi mumkin. 

Prezidentning chaqiruvi

Bir qator vazirlar hamrohligida jinoyat joyiga kelgan Makron o‘qituvchi dars bergan maktabga tashrif buyurdi. U o‘qituvchilar va politsiya xodimlari bilan suhbatlashdi. 

“O‘qituvchi islomiy terakt qurboni bo‘ldi”, degan Prezident. Televizion murojaatida u huquqni muhofaza qilish organlariga huquqbuzarni yo‘q qilish bo‘yicha hal qiluvchi harakat uchun minnatdorlik bildirdi. 

Davlat rahbari marhum o‘qituvchining hamkasblariga hamdardlik bildirdi va  barcha fransuz o‘qituvchilari bilan birdamligini ma’lum qildi. 

"Bu respublika qadriyatlariga, erkin fuqarolarni tarbiyalashga qaratilgan urinishdir. Zo‘ravonlik o‘tmaydi. Terroristlar jamiyatni ikkiga bo‘la olmaydi”, deydi Makron.

Uning so‘zlariga ko‘ra, fransuzlar yangi hujumga qarshi miting o‘tkazishlari kerak. 

O‘ldirilgan tarix o‘qituvchisi Fransiyada terroristik hujumlar to‘lqini boshlangan 2015 yildan beri 259-terror qurboniga aylandi. Besh yil oldin, "Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom tasvirlangan karikaturalarni nashr etgandan so‘ng, “Charlie Hebdo” satirik haftaligi tahririyati hujumga uchragan edi. Keyin qurollangan ikki jangarining qo‘lida 12 kishi, shu jumladan jurnalistlarni qo‘riqlayotgan ikki politsiyachi o‘ldirildi. Shundan keyin tahririyat Parijning boshqa hududiga ko‘chirildi. Uning manzili sir saqlanmoqda va jurnalistlarni 80 dan ortiq huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari qo‘riqlamoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 25 sentyabr kuni noma’lum shaxs pichoq bilan Parijning 11-okrugidagi janjalli mashhur "Charlie Hebdo" satirik haftalik nashri sobiq tahririyati yonida to‘rt kishini yaralagan edi. 

"Charlie Hebdo" ishi 

Fransiyaning "Charlie Hebdo" satirik haftalik nashri 2015 yil yanvar oyida tahririyatga qilingan hujumga sabab bo‘lgan payg‘ambar Muhammad (s.a.v.)ning karikaturalarini joriy yilning 1 sentyabr kuni qayta chop etdi. Nashr buni 12 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan terakt bo‘yicha sud jarayoni boshlanishi arafasida amalga oshirdi. 

Gap shundaki, bundan 5 yil avval "Charlie Hebdo" jurnali Muhammad (s.a.v.)ni hajv qilib chiqqani uchun, tahririyat terrorchilik harakati nishoniga aylangan edi. Unda 12 kishi qurbon bo‘ldi. 

Hujum 2015 yilning 7 yanvar kuniga to‘g‘ri kelgan. 

2 sentyabr kuni Fransiyada ilk hujum bilan bog‘liq sud ishi boshlandi. Unda 14 gumondor hozir bo‘ldi. Sud tinglovchi 10 noyabrga qadar davom etadi.

"Charlie Hebdo” jurnalida muqaddas Islom dinining so‘nggi payg‘ambari Muhammad (s.a.v.)ning karikaturasi chop etilishi musulmon mamlakatlarning Fransiyaga qarshi e’tiroziga sabab bo‘lib, ziddiyatlarni oshirmoqda. Bunga nisbatan Turkiya va Eron munosabat bildirdi. 

Prezident Emmanuel Makron tahririyat harakatlarini so‘z erkinligining ifodasi deb atadi.


Maqola muallifi

Teglar

Emmanuel' Makron

Baholaganlar

356

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing