Turkiya Muhammad (s.a.v.)ning mazax qilinishini qoralab, Prezident Makronga e’tiroz bildirdi
Olam
−
03 Sentabr 2020
22511Fransiyaning "Charlie Hebdo" satirik haftalik nashri 2015 yil yanvar oyida tahririyatga qilingan hujumga sabab bo‘lgan payg‘ambar Muhammad (s.a.v.)ning karikaturalarini joriy yilning 2 sentyabrdagi nashrida qaytadan chop etgani haqida xabar bergan edik.
Rasmiy Anqara muqaddas Islom dinining so‘nggi payg‘ambari Muhammad (s.a.v.)ning karikaturasi fransuz jurnalida "Charlie Hebdo" jurnalida qayta chop etilishini keskin qoralaydi. Bu haqda Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi vakili Hami Aksoy bayonot berdi.
Turkiyalik diplomatning so‘zlariga ko‘ra, dindorlarga nisbatan hurmatsizlik va musulmonlarning his-tuyg‘ularini haqorat qilishning matbuot va so‘z erkinligi tushunchasi bilan hech qanday aloqasi yo‘q.
Turkiya Tashqi ishlar vazirligi vakili Fransiya rasmiylari va shaxsan prezident Emmanuel Makronning Islomga qarshi nashrlarni oqlashga urinishlari qabul qilinmasligini bildirdi.
“Har qaysi vaziyatda o‘zini demokratiya va erkinik kurashchilari sifatida ko‘rsatuvchi davlatlar ksenofobiya va islomofobiyani e’tiborsiz qoldirishi Yevropada, xususan, Fransiyada fashistlar va irqchilarning yangi avlodi manfaatiga xizmat qilishini tushunishlari kerak. Dunyoda va Yevropada tinchlik va totuvlikda yashaydigan millionlab musulmonlarni chetlatishga urinish nosog‘lom muhitning belgisidir. Bunday harakatlar jamiyat birligi, turli madaniyat va dinlar vakillarining tinch-totuv yashashiga zarba beradi. O‘zi bilmagan holda islomofobiyani qo‘llab-quvvatlaydiganlar o‘zlarining jamiyatlariga zarar yetkazadilar”, deydi Aksoy.
Diplomat Yevropadagi siyosatchilar va Turkiyaning do‘stlarini dindorlarning his-tuyg‘ulariga qarshi kuchayib borayotgan hujumlarga qarshi aniq pozitsiya olishga chaqirdi.
O‘zi nima bo‘lgandi?
Bundan 5 yil avval "Charlie Hebdo" jurnali Muhammad (s.a.v.)ni hajv qilib chiqqani uchun, tahririyat terrorchilik harakati nishoniga aylangan edi. Unda 12 kishi qurbon bo‘ldi.
Hujum 2015 yilning 7 yanvar kuniga to‘g‘ri kelgan. Sudlanuvchilar esa, ikki nafar hujumchiga qurolli harakatni amalga oshirishda ko‘mak berganlikda ayblanmoqda. Ularning uch nafari sirtdan sudlanadi.
2015 yil 7 yanvarda aka-uka Said va Sherif Kuashilar Parijdagi "Charlie Hebdo" ofisiga qarata o‘t ochishdi. U yerda o‘n ikki kishi, jumladan sakkiz jurnalist va rassom o‘ldirilgan. Aka-ukalar 9 yanvar kuni topilgan va o‘ldirilgan. Shu kuni ularning sherigi Amed Kulibali o‘ldirildi, u 7 yanvar kuni Parijdagi do‘konda garovga olingan. Hujumlar uchun javobgarlikni "Al-Qoida" va ISHID o‘z zimmasiga olgan.
Kecha, 2 sentyabr kuni Fransiyada ilk hujum bilan bog‘liq sud ishi boshlandi. Unda 14 gumondor hozir bo‘ldi. Xabarlarga ko‘ra, sud tinglovchi 10 noyabrga qadar davom etadi.
Bu so‘nggi uch yil ichida Fransiya hududida sodir etilgan terakt yuzasidan bo‘lib o‘tayotgan ilk mahkama jarayoni bo‘ladi.
"Charlie Hebdo” jurnalida muqaddas Islom dinining so‘nggi payg‘ambari Muhammad (s.a.v.)ning karikaturasi chop etilishi musulmon mamlakatlarning Fransiyaga qarshi e’tiroziga sabab bo‘lib, ziddiyatlarni oshirmoqda.
LiveBarchasi