Prezidentligiga nomzodini qöygan dzyudoçining soliqdan qarzi borligi ma’lum böldi
Sport
−
15:16 562 2 daqiqa
Fransiya soliq xizmati mamlakat prezidentligiga nomzodini qöyişini e’lon qilgan dzyudo böyiça beş karra Olimpiya çempioni Teddi Rinerdan 244 ming yevrodan ortiq mablağni undirişga bir neça oydan beri urinmoqda. Bu haqda “L’Équipe” naşri xabar berdi.
Dunyoning eng köp sovringa ega dzyudoçisi Riner joriy yilning 9 noyabr kuni prezidentlik saylovlarida iştirok etiş niyatini ma’lum qilgan.
Gazeta ma’lumotiga köra, O-de-Sen departamentining qarzlarni undiriş böyiça maxsus bölimi joriy yilning iyul oyida dzyudoçining Kot-d’Azurda villa quriş bilan şuğullangan kompaniyalaridan biri – “Riner Estate”ni majburiy tugatiş jarayonini boşlagan. Sentyabr oyida sud kompaniyani tugatiş haqida qaror çiqargan. Riner uşbu kompaniyani 2014 yilda hamkori bilan taşkil etgan, ammo hamkori 2018 yilda loyihadan çiqib, öz uluşini dzyudoçiga topşirgan.
“L’Équipe” ta’kidlaşiça, Riner avval ham soliq qonunçiligi buzilişi bilan boğliq boşqa holatlarda, jumladan, köçmas mulki qiymatini kam körsatiş, şuningdek, qimmatbaho avtomobillar, restoranlar va sayohatlar kabi şaxsiy xarajatlarni kompaniyalari hisobidan qoplaşda ayblangan.
“RMC Sport” naşri yozişiça, Rinerning prezidentlikka nomzodini qöyiş niyati köpçilik uçun kutilmagan bölsa-da, u bu qadamga bir neça oy davomida tayyorgarlik körgan. Uning saylovoldi kampaniyasida asosiy şaxslardan biri tiş implantlari va protezlari işlab çiqaruvçi “Biotech Dental” kompaniyasi prezidenti Filipp Veran hisoblanadi. Sobiq soğliqni saqlaş vaziri Fransua Bron ham Rinerni qöllab-quvvatlayotganlar qatorida.
Ma’lumot uçun, Riner 100 kilogrammdan yuqori vazn toifasida 2012, 2016 va 2024 yilgi Olimpiya öyinlari çempioni bölgan. Şuningdek, u Tokio va Parijda jamoaviy bahslarda ham Olimpiya oltin medalini qölga kiritgan. Dzyudoçi 12 karra jahon çempioni hisoblanadi. E’tiborli jihati şundaki, Teddi Riner 2008 yilda Pekinda bölib ötgan Olimpiya öyinlarida bronza medalini qölga kiritgan. Öşanda 19 yoşli Riner 100 kg dan ortiq vazn toifasida yarim finalgaça yetib borib, özbekistonlik dzyudoçi Abdulla Tangriyevga yutqazib qöygan. Tangriyev oltin medal uçun keçgan keskin bellaşuvda Yaponiya vakili Satoşi Işiiga mağlub bölib, faoliyatidagi eng yuqori Olimpiya mukofoti – kumuş medalga ega çiqqan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Teddi Rinerning 2027 yilgi prezidentlik saylovlarida nomzodini qöyiş qarorini olqişlagandi.
Live
Barchasi