Lukashenko G‘arbning maqsadi ikki davlatni yo‘q qilish ekanini aytdi 

Olam

image

Ukrainadagi voqealar G‘arbning maqsadi Rossiya va Xitoy kabi raqobatchilarni yo‘q qilish ekanligini isbotladi. Bu haqda Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenko ta’kidladi.  

“Siyosiy kursni o‘zgartirish — bu mintaqadagi ta’sir doiralarini qayta taqsimlashga urinish. Shubhasiz, yakuniy maqsad — Rossiya, Xitoy va ularni dunyoning geosiyosiy xaritasida raqobatchi sifatida yo‘q qilish. Ukraina atrofida sodir bo‘layotgan voqealar buning to‘g‘ridan-to‘g‘ri dalilidir”, degan Lukashenko davlat xavfsizlik idoralari rahbariyati bilan uchrashuvda. 

Lukashenkoning ta’kidlashicha, Belarusning “aybi” faqat Yevropaning markazida manfaatlar chorrahasida joylashganligidir. 

“Xudo bizni olib, bu yerga, Yevropaning markaziga joylashtirdi. Atrofga yo‘l yo‘q, aylanib o‘tish ham yo‘q. Aftidan, mamlakat katta emas, lekin hamma u orqali o‘tgan. Qoqilib ketgan, yiqilgan, o‘rnidan turgan, emaklagan, lekin yurgan”, degan Lukashenko 1812 yil voqealari, Birinchi jahon urushi haqida eslab. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, har doim shunday bo‘ladi, chunki “manfaatlar Belarus orqali kesishadi”. 

“Biz esa shunday siyosat qurishimiz kerakki, har qancha qiyin bo‘lmasin, yurtimizni saqlab qolishimiz kerak”, degan Lukashenko.

Rossiya-Ukraina urushi

Joriy yilning 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina sharqidagi o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Keyinroq RF respublikalarni shu nomdagi viloyatlar chegaradagi tan olganini ta’kidlab, Ukrainaga qarshi urush xavfini oshirib yubordi.

Putinning favqulodda qarori ortidan AQSH, YeI, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yaponiya rasmiylari ham Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi.

24 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqida Donbassda rus harbiylari "maxsus harbiy operatsiya" boshlaganini e’lon qildi va rus qo‘shinlari Ukrainaga hujum boshladi. Putin bu harakatini Ukraina sharqidagi rossiyaparast separatist kuchlar rahbarlari shunday so‘rov yuborgani bilan oqladi.

Bundan avvalroq Zelenskiy Rossiya fuqarolariga rus tilida murojaat qilib, ukrainlarga “na sovuq, na issiq, na gibrid urush kerak emas”ligini, ukrainlar hujumchilarni kutib olishga tayyorligini bildirgandi. Ko‘p o‘tmay Prezident Rossiya bilan diplomatik aloqani uzdi. Prezident Zelenskiy mamlakatda harbiy holat e’lon qildi.

25 fevral kuni Zelenskiy Ukrainada umumiy harbiy safarbarlik e’lon qildi. Armiyaga chaqiruv mamlakatning qator viloyat va shaharlarida amalga oshirilishi belgilandi.

Rus qo‘shinlari hozirgacha Ukrainaga shimol, sharq va janubdan hujum qilib kelmoqda va qator hududlarni egallashga erishdi. Ammo bu urush Rossiyaning dunyoda yakkalanib qolishiga olib keldi.

Ukrainaga hujum boshlanishi Rossiya iqtisodiga og‘ir zarba berdi. Rus kompaniyalari aksiyalari keskin arzonlashdi, Moskva birjasida savdolar mislsiz darajada pasayish bilan o‘tdi. Gazprom, LUKOYL va boshqa yirik kompaniyalar yo‘qotishlarga uchradi.

Hujum boshlangach, Yevropa davlatlari va AQSH Rossiyaga qarshi bir necha bosqichli sanksiyalar joriy qildi. Rossiyaning VTB, “Rossiya” banki, “Otkritiya”, “Novikombank”, “Promsvyazbank”, “Sovkombank” va VEB.RF banklari SWIFT xalqaro banklararo tizimidan uzildi. AQSH va Yevropa Ittifoqi Rossiyaning oltin-valyuta zaxirasini blokladi.

Yevropa davlatlari, AQSH, Kanada Rossiya uchun o‘z havo hududini yopdi. Bu sanksiyalarga neytral davlat hisoblangan Shveysariya ham qo‘shildi. Urush fonida Ukrainani Yevropa Ittifoqi a’zoligiga qabul qilish jarayoni tezlashdi.


Maqola muallifi

Teglar

Lukashenko G'arb

Baholaganlar

37

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing