Ğarb Markaziy Osiyodan harbiy bazalarni joylaştirişni sörayapti – KXŞT boş kotibi
Olam
−
06 Noyabr 1100 3 daqiqa
Sönggi paytlarda Ğarb mamlakatlari vakillari Markaziy Osiyo respublikalari rahbariyatiga öz hududlarida harbiy bazalarni joylaştiriş böyiça iltimoslar bilan tez-tez murojaat qilmoqda. Ular buni mintaqa mamlakatlarining Afğonistonga geografik jihatdan yaqinligi bilan boğlayapti. Bu haqda joriy yilning 21 oktyabr kuni Kollektiv xavfsizlik şartnomasi taşkiloti (KXŞT) boş kotibi Taalatbek Masadikov videoqönğiroq şaklidagi brifingda ma’lum qildi.
Uning sözlariga köra, Markaziy Osiyo respublikalarining KXŞTga a’zo bölgan va a’zo bölmagan yetakçilari bunday iltimoslarga qat’iy rad javobini bermoqda. Jumladan, ular mintaqa içidagi kelişmovçiliklarni mustaqil ravişda yengib ötişga muvaffaq bölgani sababli ham şunday yöl tutyapti.
U Rossiyaning Qirğiziston va Tojikistondagi harbiy iştiroki uşbu respublikalardagi, şuningdek, umuman Markaziy Osiyodagi vaziyatga ijobiy ta’sir körsatayotganini qöşimça qilgan. Ikkala mamlakatda ham uşbu iştirok saqlanib qolmoqda va hokimiyat organlari bu tartibni qayta körib çiqiş niyatida emas.
“Mintaqa boşqa davlatlar kuçlarining iştirokidan manfaatdor emas. Ayniqsa, Markaziy Osiyoning ba’zi respublikalari, jumladan, Qirğiziston Ğarb harbiylarini joylaştiriş tajribasiga ega bölgani va unga qaytişga tayyor emasligi sababli”, deydi KXŞT rahbari.
Taalatbek Masadikov Qirğiziston, Özbekiston va Tojikiston örtasidagi hududiy nizolarni muzokaralar stoli atrofida mustaqil ravişda hal etilganini misol qilib keltirgan.
Uning sözlariga köra, bu mintaqadagi qöşnilarning bir-birlari bilan tinç yöl bilan kelişib oliş va ularning xavfsizligiga tahdid soluvçi turli xavf-xatarlarga birgalikda javob beriş qobiliyatini körsatadi.
“Işonçim komilki, Markaziy Osiyo davlatlari yetakçilarining siyosiy irodasi va donoligi masalalarni tinç yöl bilan va yetarliça tez hal etişga hamda paydo böladigan çaqiriqlarga, agar şundaylari yuzaga kelsa, javob berişga imkon beradi”, deydi u.
Ma’lumot uçun, hozirgi kunda mintaqada eng yirik va doimiy harbiy iştirokka ega bölgan mamlakat Rossiya Federatsiyasi hisoblanadi. Tojikistonda Rossiyaning mamlakat taşqarisidagi eng yirik harbiy ob’ekti — 201-harbiy baza joylaşgan (Duşanbe va Boxtar şaharlarida). Bundan taşqari, Tojikistondagi Norak şahri yaqinida Rossiya kosmik qöşinlariga tegişli “Okno” optik-elektron nazorat tizimi faoliyat yuritadi. Qirğizistonda esa Rossiyaning Kant şahridagi birlaşgan aviabazasi mavjud bölib, u KXŞT Tezkor javob qaytariş kuçlarining havo komponentlarini ta’minlaydi. Şuningdek, Qozoğistonda Rossiya Federatsiyasi ijaraga olgan “Boyqönğir” kosmodromi va “Sari-Şagan” raketaga qarşi mudofaa poligoni kabi muhim strategik sinov ob’ektlari işlab turibdi.
Şuningdek, Özbekiston janubidagi Xonobod aerodromi 2001 yil oktabridan 2005 yil noyabrigaça AQŞ havo bazasi sifatida foydalanilgan. Amerikaning ilk samolyotlari 2001 yilning 11 sentyabridagi xurujlaridan bir oy ötib Özbekiston janubiga qöngan. Aerobaza “Al-Qoida” va qöşni Afğonistonda joylaşgan “Tolibon” kuçlarini nişonga oliş kampaniyasida AQŞ kuçlari uçun logistika markazi bölib xizmat qilgan. 2005 yil may oyida yuz bergan Andijon voqealaridan keyin Özbekiston hukumati amerikaliklardan Xonobodni tark etişni talab qilgan.
Live
BarchasiOzon teshigi rekord darajada kengaydi
06 Noyabr