Kiyev Moskva bilan vaqtincha sulhga rozimi?

Olam

image
0:00
0:00
download

Moskva bilan har qanday vaqtinchalik sulh Ukraina uchun keyinga qoldirilgan urush bo‘ladi. Bu haqda Prezident devoni rahbari maslahatchisi Mixail Podolyak axborot telemarafon efirida ma’lum qildi.

“Moskva bilan har qanday vaqtinchalik sulh kelajakka, 2-5 yilga qoldirilgan urushdir. Bu, masalan, “Minsk-3”. Rossiya faqat ekspansiyani, faqat qo‘shnilari bilan urushni tarqatadigan mamlakat, shuning uchun har doim katta xavf mavjud. Bizga bu kerak emas, kafolatlar kerak. Biz doimo gumanitar sulh haqida gapiramiz, lekin Rossiya buni amalga oshirishga doimo to‘sqinlik qilmoqda. Buchada ko‘rganimiz Rossiyaning urush uslubi. Ular faqat tinch aholiga qarshi kurashadilar. Ular askarlarga qarshi qanday kurashishni bilishmaydi”, deydi u.

Shuningdek, Podolyak Rossiya Federatsiyasi rahbariyati rus qo‘shinlari yutqazayotganini ko‘rib turganini ta’kidlagan.

Podolyakning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina o‘zi amal qiladigan rejaga ega.

“Rossiya buni ko‘rib turibdi. Ularning frontda hech qanday ustunligi yo‘qligini ko‘rmoqda. Ular Donbass uchun jang ularning pozitsiyalarini sezilarli darajada yaxshilashini kutishmoqda...”, degan u.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya Prezidenti Matbuot kotibi Dmitriy Peskov rus qo‘shinlari Ukrainadagi urushda katta yo‘qotishlarga uchraganini aytgandi. U bu yo‘qotishlar fojia ekanini ta’kidlagan.

Rossiya-Ukraina urushi

Joriy yilning 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina sharqidagi o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Keyinroq RF respublikalarni shu nomdagi viloyatlar chegaradagi tan olganini ta’kidlab, Ukrainaga qarshi urush xavfini oshirib yubordi.

Putinning favqulodda qarori ortidan AQSH, YeI, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yaponiya rasmiylari ham Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi.

24 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqida Donbassda rus harbiylari "maxsus harbiy operatsiya" boshlaganini e’lon qildi va rus qo‘shinlari Ukrainaga hujum boshladi. Putin bu harakatini Ukraina sharqidagi rossiyaparast separatist kuchlar rahbarlari shunday so‘rov yuborgani bilan oqladi.

Bundan avvalroq Zelenskiy Rossiya fuqarolariga rus tilida murojaat qilib, ukrainlarga “na sovuq, na issiq, na gibrid urush kerak emas”ligini, ukrainlar hujumchilarni kutib olishga tayyorligini bildirgandi. Ko‘p o‘tmay Prezident Rossiya bilan diplomatik aloqani uzdi. Prezident Zelenskiy mamlakatda harbiy holat e’lon qildi.

25 fevral kuni Zelenskiy Ukrainada umumiy harbiy safarbarlik e’lon qildi. Armiyaga chaqiruv mamlakatning qator viloyat va shaharlarida amalga oshirilishi belgilandi.

Rus qo‘shinlari hozirgacha Ukrainaga shimol, sharq va janubdan hujum qilib kelmoqda va qator hududlarni egallashga erishdi. Ammo bu urush Rossiyaning dunyoda yakkalanib qolishiga olib keldi.

Ukrainaga hujum boshlanishi Rossiya iqtisodiga og‘ir zarba berdi. Rus kompaniyalari aksiyalari keskin arzonlashdi, Moskva birjasida savdolar mislsiz darajada pasayish bilan o‘tdi. Gazprom, LUKOYL va boshqa yirik kompaniyalar yo‘qotishlarga uchradi.

Hujum boshlangach, Yevropa davlatlari va AQSH Rossiyaga qarshi bir necha bosqichli sanksiyalar joriy qildi. Rossiyaning VTB, “Rossiya” banki, “Otkritiya”, “Novikombank”, “Promsvyazbank”, “Sovkombank” va VEB.RF banklari SWIFT xalqaro banklararo tizimidan uzildi. AQSH va Yevropa Ittifoqi Rossiyaning oltin-valyuta zaxirasini blokladi.

Yevropa davlatlari, AQSH, Kanada Rossiya uchun o‘z havo hududini yopdi. Bu sanksiyalarga neytral davlat hisoblangan Shveysariya ham qo‘shildi. Urush fonida Ukrainani Yevropa Ittifoqi a’zoligiga qabul qilish jarayoni tezlashdi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

8

Reyting

3.4

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing