AQSH Xitoyni Ukrainadagi qirg‘inda Rossiyani qo‘llayotganlikda aybladi
Olam
−
13 aprel
5058AQSH rasmiylarining aytishicha, Xitoy Rossiyaning Ukrainadagi qurolli hujumini qo‘llab-quvvatlab, Sovet davridan beri eng yirik mudofaa salohiyatini oshirishga yordam bermoqda. Bu haqda “Reuters” agentligi xabar berdi.
Nashrning yozishicha, AQSHning yuqori martabali mulozimlari jurnalistlarga Pekin Moskvani uchuvchisiz havo vositalari va raketa texnologiyalari, sun’iy yo‘ldosh tasvirlari va ishlab chiqarish mashinalari bilan ta’minlayotgani haqidagi maxfiy ma’lumotlarga asoslangan nazariya haqida ma’lumot bergan.
Amerika tomoni Xitoydan yetkazib berish Rossiya ishlab chiqarishidagi muhim bo‘shliqlarni to‘ldirishiga va Rossiyaga Sovet davridan beri o‘zining eng katta mudofaa qurilishini mojaro boshida [Qo‘shma Shtatlar] mumkin deb o‘ylagandan ham qisqa vaqt ichida amalga oshirishga imkon beradi, deb hisoblaydi. Shu bilan birga, rasmiylar XXR halokatli qurollarni Rossiya Federatsiyasiga bermasligini tan olgan.
Brifingni o‘tkazgan AQSH rasmiylari Vashington nuqtai nazaridan Rossiyaga ikki tomonlama yoki faqat harbiy maqsadlarda mahsulot yetkazib beradigan yoki ularni birgalikda ishlab chiqarishda ishtirok etadigan Xitoy kompaniyalari va tashkilotlari ro‘yxatini e’lon qilgan. Vashington ma’muriyati rasmiylariga ko‘ra, 2023 yilda Rossiya mikroelektronika importining 90 foizi Xitoydan kelgan, uning mahsulotlari raketalar, tanklar va samolyotlar ishlab chiqarish uchun ishlatilgan.
“Biz hozir Ukrainani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirishimiz mumkin bo‘lgan eng muhim qadamlardan biri – bu XXRni Rossiyaga harbiy-sanoat kompleksini qayta qurishda yordam berishni to‘xtatishga ishontirishdir, deb hisoblaymiz”, deya rasmiylardan birining so‘zlaridan iqtibos keltirgan “Reuters” agentligi.
Nashrning qayd etishicha, Xitoy yordamisiz Rossiyaning Ukraina mojarosida ishtirok etishi qiyin.
Avvalroq Amerika ma’muriyatining yuqori martabali vakili jurnalistlar uchun o‘tkazilgan maxsus telefon brifingida AQSH Prezidenti Jo Bayden 2 aprel kuni Xitoy rahbari Si Szinpin bilan telefon suhbatida Vashington Pekin Rossiyaga ko‘rsatayotgan yordamdan xavotir bildirgani haqida ma’lum qilgandi. Xitoy Ukraina hududida foydalanish uchun Rossiyaga qurol topshirganini bir necha bor rad etgan.
9 aprel kuni AQSH Prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi Jeyk Sallivan Vashington ma’muriyati Xitoyning Rossiyaga maxsus operatsiya munosabati bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy yordam ko‘rsatganiga oid dalil topmaganini aytgan.
LiveBarchasi