Rossiya O‘zbekistonda qamalishi kutilayotgan shaxsga fuqarolik bermoqchi

Olam

image

Rossiya Ichki ishlar vazirligi Migratsiya masalalari bosh boshqarmasi boshlig‘i Valentina Kazakova O‘zbekistonda jinoiy javobgarlikka tortilishi kutilayotgan Rossiyaning Shimoliy harbiy okrugi faxriysi, asli o‘zbekistonlik 53 yashar Aleksandr Babkovning huquqiy holatini tartibga solish masalasini nazoratga oldi. Bu haqda vazirlik rasmiy vakili Irina Volk xabar berdi.

“Ertaga uni Sverdlovsk viloyati migratsiya bo‘limiga taklif qilishdi, u yerda vaqtinchalik boshpana olish uchun uning hujjatlarini qabul qilishadi. Keyin Aleksandrga Rossiya fuqaroligini berish masalasi muhokama qilinadi”, deydi u.  

Volkning bildirishicha, uning hamkasblari har doim bunday voqealarga juda diqqat bilan qaraydi va muhtojlarga yordam berish uchun hamma narsani qiladi. 

Bir kun avval RT telekanali asli o‘zbekistonlik 53 yoshli Babkov Shimoliy harbiy okrug zonasiga ko‘ngilli sifatida borib, Soledar va Artemovsk uchun janglarda qatnashgani haqida xabar bergan edi. Xizmat va jangovar vazifalarni bajargani ortidan u “Jasorat uchun”, “Baxmut go‘sht maydalagichi”, “Baxmutni qo‘lga olish uchun” va “Qora xoch” medallari bilan taqdirlangan. 

TASSning yozishicha, shu bilan birga, u Rossiya fuqaroligini olmasa, jangovar faxriyning guvohnomasini ololmaydi va rasman ish topa olmaydi. 

“Yanvar oyida faxriyning vaqtinchalik ro‘yxatga olish muddati tugaydi va u O‘zbekistonga deportatsiya qilinishi mumkin, u yerda “maxsus harbiy operatsiya”da qatnashgani uchun 10 yilgacha qamoq jazosi kutilishi mumkin”, deyiladi xabarda. 


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin Aleksandr Babkov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing