O‘zbekistondagi kompaniya Buyuk Britaniyaning sanksiyalar ro‘yxatiga kirdi

Jamiyat

image

Buyuk Britaniya Rossiyaga qarshi sanksiyalar ro‘yxatini 45 ta pozitsiyaga kengaytirdi. Galdagi ro‘yxatga O‘zbekistonda faoliyat yurituvchi, Rossiyaga ehtiyot qismlarni olib kirishda vositachi bo‘lgan “MVIZION” mas’uliyati cheklangan jamiyatini ham kiritdi. Bu haqda Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirligi bayonotida aytilgan. 

Qayd etilishicha, Rossiya Federatsiyasining Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiyasi vaqtida foydalanilgan “Lanset” uchuvchisiz samolyoti konstruktorlaridan biri Aleksandr Zaxarov va uning oila a’zolariga nisbatan mamlakatga kirishni taqiqlash va aktivlari aniqlangan taqdirda ularni muzlatib qo‘yishni nazarda tutuvchi sanksiyalar joriy qilingan.

Xususan, hujjat matniga ko‘ra, Londonning sanksiyalar ro‘yxatiga quyidagilar kiradi: 

•    “Soyuz” aviatsiya dvigatellari ilmiy-texnika majmuasi bosh konstruktori Mkrtich Okroyan; 

•    “Soyuz” bosh direktori Vasiliy Kritskiy;

•    “Soyuz” direktorlar kengashi a’zolari: Andranik Okroyan, Anna Okroyan, Arutyun Okroyan, Vaso Okroyan, Aleksandr Arutyunov, Dmitriy Baban, Kamo Gukasyan, Stepan Gukasyan, Oganez Gukasyan, Semen Simonyan, Mkrtich Arakelyan, Zorayr Apresyan, Mixail Bichkov, Vladimir Anyurov, Vitaliy Babenkov;

•    “Lanset” dronining konstruktorit Aleksandr Zaxarov va uning oila a’zolari; 

•    “Rusich” tashkiloti va uning qo‘mondoni Yan Petrovskiy;

•    BAAdan to‘rtta, Gonkongdan uchtadan, Turkiya va O‘zbekistondan bittadan kompaniya.

Sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan “MVIZION” MCHJ elektron butlovchi qismlarni yetkazib berish bilan shug‘ullanadi. O‘zbekiston korxona va tashkilotlarining yagona davlat reyestriga ko‘ra, “MVIZION” MCHJ 2022 yil iyun oyida ro‘yxatga olingan. Kompaniyaning ustav kapitali 1 million so‘mni tashkil etadi. Uning 100 foizlik ta’sischisi – Igor Ievlev. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning noyabr oyi boshida AQSH Savdo vazirligining Sanoat va xavfsizlik byurosi O‘zbekistonning “MVIZION” mas’uliyati cheklangan jamiyatini sanksiyalar ro‘yxatiga kiritgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

sanktsiya Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing