Sud Marat Hamdamovni qamoqqa oliş böyiça sanksiya berdi
3-sahifa
−
16:21 3621 1 daqiqa
Jinoyat işlari böyiça Mirobod tuman sudi “Imarat Development” quriliş loyihasi rahbari Marat Hamdamovga “qamoq” ehtiyot çorasi qöllaş haqida ajrim çiqardi. Buni Toşkent şahar sudlari matbuot xizmati QALAMPIR.UZ’ga tasdiqladi.
Ma’lum bölişiça, keça, 2 noyabr kuni Jinoyat işlari böyiça Mirobod tuman sudi “Imarat Development” quriliş loyihasi rahbari Marat Hamdamovga “qamoq” ehtiyot çorasi qöllaş haqida ajrim çiqargan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent şahar IIBB tergov boşqarmasi ofisi Sergeli tumanidagi Buyuk avlod şoh köçasida joylaşgan “Imarat Development” mas’uliyati çeklangan jamiyat rahbariyatiga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 192-11-moddasi (nodavlat tijorat taşkilotida yoki boşqa nodavlat taşkilotida mansabdor şaxslar tomonidan öz vakolatlarini suiiste’mol qiliş) bilan jinoyat işi qözğatgandi.
Keyinroq, “Imarat Development” quriliş loyihasi egasi Marat Hamdamov va J.A. Toşkent şahar IIBB tomonidan olib borilayotgan jinoyat işida gumonlanuvçi tariqasida jalb etilgani va Jinoyat-protsessual kodeksning 227-moddasi (suriştiruvçining, tergovçining yoki prokurorning qaroriga binoan uşlab turiş) tartibida uşlangani ma’lum böldi.
Live
Barchasi