“Imarat” işi: Marat qölga olindi. Endi uy olganlar nima qilsin?

Tahlil

−

Reklama
0:00

“Imarat Development” loyihasi bilan boğliq iş doirasida ikki kişi protsessual tartibda qölga olindi. Bu haqda QALAMPIR.UZ söroviga javoban Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi ma’lum qildi.

Ma’lum bölişiça, “Imarat Development” quriliş loyihasi egasi Marat Hamdamov va J. A. Toşkent şahar IIBB tomonidan olib borilayotgan jinoyat işida gumonlanuvçi tariqasida jalb etilgan va Jinoyat-protsessual kodeksining 227-moddasi (suriştiruvçining, tergovçining yoki prokurorning qaroriga binoan uşlab turiş) tartibida uşlangan.

Qayd etilişiça, hozirda tergov harakatlari Toşkent şahar IIBB boşliği va prokuratura nazoratiga olingan. Şuningdek, tergov yakunlariga köra, qonuniy qaror qabul qilinişi ta’minlanişi bildirilgan.

“Imarat Development”ning asosçisi sifatida ijtimoiy tarmoqlarda tanilgan Marat Hamdamov Instagram sahifasida ketma-ket ikkita videomurojaat e’lon qilib, öziga bosim va tahdidlar bölayotganini, kompaniyani undan tortib olişga urinişişayotganini bildirgan.

Hamdamov birinçi videomurojaatida sönggi bir oy davomida bir guruh şaxslar kompaniyani undan tortib oliş maqsadida bosim ötkazayotganini aytgan. Uning sözlariga köra, u kompaniyani heç kimga bermasligini, ta’sisçilar safidan çiqmasligini hamda mijozlar oldidagi barça majburiyatlarini bajarib, uylarni oxirigaça qurib, egalariga topşirişini bildirganidan keyin bosimlar yanada kuçaygan.

Tadbirkor öziga va oilasiga nisbatan tahdidlar bölganini, hatto ölim bilan qörqitilganini da’vo qilgan. Şuningdek, undan xorijga çiqib ketiş va ijtimoiy tarmoqlardan yöqoliş talab qilingani, ofisiga kirişiga tösqinlik qilinganini bildirgan.

Hamdamovning aytişiça, unga ma’lum bölgan ma’lumotlarga köra, ayrim şaxslar kompaniyani uçinçi tomonga sotiş, mijozlarga tegişli bölgan va qurib bitkazilgan uy-joylarni bankka garovga qöyib, kredit olişni rejalaştirgan. U bunday harakatlarga qarşi çiqqanini va mijozlarning manfaatlarini himoya qilişga qaror qilganini ta’kidlagan.

U öziga nisbatan bosim, tahdid va kompaniyani egallab olişga qaratilgan harakatlar yuzasidan huquqni muhofaza qiluvçi organlarga rasmiy murojaatlar kiritganini ham ma’lum qilgan.

Ikkinçi videomurojaatida esa Marat Hamdamov kompaniya nomi nima sababdan “Imarat Development”dan “Imtiyaz”ga özgartirilgani va kompaniya içidagi nizo nimadan boşlanganiga izoh bergan.

Uning aytişiça, joriy yilning sentyabr oyida xorijda bölgan vaqtida kompaniyaning boş moliyaçisi Jasur Azizov unga qönğiroq qilgan. Hamdamov Azizov kompaniya ta’sisçisi emasligi, biroq barça moliyaviy jarayonlarni boşqarib kelganini aytgan.

Hamdamovning da’vo qilişiça, telefon suhbatida Azizov öz harakatlari natijasida kompaniyaga yetkazilgan, uning hisob-kitoblariga köra, bir neça million dollarlik zararni bank krediti oliş orqali qoplamoqçi ekanini bildirgan. Tadbirkor bunga qat’iyan qarşi çiqqan. Şundan söng, uning roziligisiz kompaniya nomi “Imarat Development”dan “Imtiyaz”ga özgartirilganini aytgan.

Şuningdek, Hamdamov kompaniya ofisiga kelgan mijozlar orasida uni firibgar sifatida körsatişga qaratilgan ma’lumotlar tarqatilayotganini bildirgan. Ikkinçi murojaatida u öz bayonotlarini tasdiqlaş uçun ayrim audio va video yozuvlarni ham namoyiş qilgan.

Umidbek Sulaymonov


Maqola muallifi

avatar

.

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing