“Haqiqatlarni oçiş vaqti keldi”. Şahzoda Muhammedova “Imarat” böyiça murojaat bilan çiqdi (video)

Jamiyat

−

image

“Imarat Devolopment” loyihasi egasi Marat Hamdamovning turmuş örtoği, aktrisa Şahzoda Muhammedova quriliş loyihasidagi mojaro yuzasidan videomurojaat e’lon qildi. Öz murojaatida u, asosan, Marat Hamdamov va loyihadagi yana bir ta’sisçi Jasur Azizov örtasidagi kelişmovçilik haqida töxtalgan.

“Vanihoyat asl haqiqatlarni oçiş vaqti keldi. Jasur Azizov özining moliyaçisi Hilola bilan birgalikda, bir yoqadan boş çiqarib va özining jamoasi bilan fitna qilgan holda, turmuş örtoğim hamda mening yuzimdan foydalandi. Bu yerda Marat Xayrullayeviç faqatgina “face” emas, aslida “face”, ambasador menman. Bu yerda Marat Xayrullayeviç investor. U sotuv bölimining ofisini ham boşqargan va quriliş ob’ektlarini ham boşqargan”, deydi Şahzoda Muhammedova.

U murojaatida Jasur Azizov, şuninglek, özi va Marat Hamdamovga doir çet elda sotib olingan mulklar haqida ham gapirgan.

“Jasur Azizov çet ellardan olgan uylari: Germaniyadagi, Londondagi, Dubaydagi, Turkiyadagi köçmas mulklari bilan ovora bölib, faqatgina şaharma-şahar yurdi. Turmuş örtoğim tun-u kun mana şu kompaniyaning ravnaqi uçun özining jonini tikdi, umrini tikdi, soğliğini tikdi. Tun-u kun uxlamasdan faoliyat yuritdi. Hattoki oilasini ham eslamagan vaqtlari böldi. Davlat aytyapti, xalq aytyapti: “Marat Xayrullayeviç “moşennik”, Şahzoda Muhammedova “moşennik”, deb. Oçiğini aytadigan bölsam, özimni haydab yurgan maşinam ham hali özimning nomimga töliq ötkazilmagan.

Dubaydan olingan uy ham özimning yoki Marat Xayrullayeviçning nomida emas, balki Jasur Azizovning nomida. Sababi, bularning örtasida şunaqangi kelişuv bölganki, “Marat kelişib olamiz va oxirida sening nomingga ötkazaman, bu özimizning topgan mehnatlarimiz”, deb köplab va’dalarni bergan. Marat Xayrullayeviç manaşu kompaniyada neça yildan beri öz faoliyatini yuritayotgan bölsa, undan oldin bizning oilaviy erişgan mulklarimiz va oilaviy qilgan mehnatimiz – birgina Özbekistondagi uyimiz”, deydi Şahzoda Muhammedova. 

Şuningdek, aktrisa murojaatida tarmoq foydalanuvçilarining öziga nisbatan qilayotgan da’volarni rad etgan.

“Agar biz haqiqatdan ham “moşennik” bölsak, agar haqiqatdan ham biz tovlamaçi bölsak, kompaniyadan juda katta miqdordagi pullarni yeçib olgan bölsak, şu kungaça katta-katta uçastkalarda yaşayotgan bölmasmidik? Mana köpçilik “Şahzoda Muhammedova çet elma-çet el yurdi”, degan fikrlarni ham aytişyapti. Men turmuşga çiqqunimga qadar, Marat Xayrullayeviçgaça ham ziyoli, badavlat oilaning farzandi bölganman. Dunyoning köplab davlatlarini körganman, öziga töq xonadonning farzandi bölganman. 

Hattoki oçiğini aytaman, kerak bölsa, Marat Xayrullayeviç qiynalib qolgan holatlarida ham ayoli sifatida moliyaviy tarafdan yordam berganman. Men xuddi qimorga tikib yuborilgan özimning yuzimni, reputatsiyamni orqasidan juda ham katta jabr kördim. Şu örinda men bir narsani aytmoqçiman: bu kunlar sinovli kunlar, ötadi ketadi. Alloh aytgan, sinov abadiy emas, qiyinçiliklar abadiy emas, inson baribir qaçondir röyobga çiqadi, yoruğlikka çiqadi. Men Özbekistonda qonun işlaşiga va adolat qaror topişiga 100 foiz işonaman. Çunki şu kungaça davlat qaror çiqargan bölsa, har doim adolatli yurgan va qonun ustuvorligi har doim işlagan”, deydi aktrisa. 

Bundan taşqari, u Jasur Azizovning uçta davlatda fuqarolik pasportlari borligini va yaqinda London şahridan turmuş örtoğiga 12 million dollar miqdoridagi köçmas mulkni sotib olganini oçiqlagan.

“Jasur Azizov şu paytgaça faqatgina çet elda yurganining sababi – uçta davlatda fuqarolik pasportlari, köçmas mulklari bor. Oxirgi vaqtda Angliyaning London şahridan turmuş örtoğiga 12 million dollar miqdoridagi köçmas mulkni sotib olgan. Körib turibsiz va bundan taşqari qança işlari bor. Marat Xayrullayeviç bilan işlaşdan oldin ham Germaniyadagi hamkori va Özbekistondagi boşqa hamkorlari, beton zavoddagi hamkorlari bilan ham xuddi şunday strategik öyinlarni bajargan”, deydi Marat Hamdamovning turmuş örtoği. 

Şahzoda Muhammedovaning aytişiça, Marat Hamdamov hamma isbot materiallarni uning qöliga taşlab ketgan.

Men kutdim şu paytgaça, oşkor qilmadim. Mana endi hamma material qonun doirasida davlatga topşirilgan, bular hammasi körib çiqiladi.

Jasur Azizov boş hisobçi Hilola va özining hamtovoqlari bilan birgalikda kompaniyadan tuşgan pullarni özining qarindoşlarini hisob raqamlariga haydab yurgan. Xalqning boşiga tuşgan uşbu kulfatdan men qattiq afsusdaligimni bildirmoqçi edim. Sababi, xalq qay darajada jabr körgan bölsa, biz ham xuddi şunaqa jabr kördik. Uşbu insonning qilgan turli xil sistemalaridan, turli xil mana şunaqa qallob işlaridan”, deydi aktrisa.

Şu bilan birga, u Jasur Azizov Dubaydan Germaniyaga uçayotganda Interpol orqali davlat tomonidan qölga olib olinganini aytgan.

“Agar xalq aytgandek, men va turmuş örtoğim firibgar bölganda, kompaniyadan pulni olib çiqiş rejasida bölganimizda, hozir biz Özbekistonda emas, balki çet elda bölardik. Aslida çet elda kim böldi? Mana şu holatda Marat Xayrullayeviçni davlat öz qaramoğiga olişidan avval ham biz Özbekistonda – öz uyimizda edik. Jasur Azizov esa Dubaydan Germaniyaga uçayotganda Interpol orqali davlat tomonidan qölga olinib, keltirilgan. Hozirda tergov jarayonida.

Jasur Azizov ğirrom öyin qilmaganda, Marat Xayrullayeviçni öyindan çiqarmaganida, Marat Xayrullayeviçning ruxsatisiz kompaniya nomini özgartirmaganda bunaqa holat yuzaga kelmasdi.
Neça marotaba bu taklifni bergan, menda audio yozuvlar ham bor, xalq eşitişi mumkin. “Marat, kompaniya nomini özgartiraylik, çunki bizga davlat kredit bermayapti, agar biz nomini özgartirsak, davlatdan kredit ola olardik”, degan fikrlarni köp marotaba aytgan.

Nomi özgargandan keyin xalq kelib, nimaga nomi özgardi deganda, uning rejasi şunaqa bölganki, Marat Xayrullayeviç bu kompaniyada şunçaki oddiygina yuz edi, oddiygina xodim bölgan. Biz mana endi kompaniyani özimiz oldik, yangi investorlar bilan uylarni qurib topşiramiz, xavotir olmang”, konsepsiyasida va strategiyasida iş olib bormoqçi bölişdi. Afsuski, xalq ham sodda emas, xalq ham omi emas. Kompaniya nomi tubdan özgarişi, Marat Xayrullayeviç öz-özidan yöq bölişi, bu özidan-özi sodir bölmaydi-ku”, deydi aktrisa.

Bundan taşqari, u mana şuning oqibatida taşqarida odamlar kötarilganini aytgan.

“Mana şuning oqibatida taşqarida olomon kötarildi, turli xil mana şunaqa mojarolar böldi, olomon haqiqatdan ham kötarildi va bu hodisalarda xalqning aybi yöq. Men xalq bilan birgaman. Xalq haqiqatdan ham qiynalib, ijarada yaşab bölsa ham mana şu uylarni olgan. 

Mening aybim mana şu kompaniyaga işonç belgisi bölganim, mana şu kompaniyaning yuzi bölganim. Jasur Azizovning avval boşidan ham Marat Xayrullayeviçni biznesdan uloqtirib, uni qamatiş rejasi bölganining isboti, mana şu xalqqa biz Marat Xayrullayeviçning ömargan pullarini biz tölab beryapmiz, qaytariş degan mana şunaqa holatda iş yuritişdi-da bular. Boşqa insonlarni rahbar qilib qöyişdi kompaniyaga, biz yangi investor jalb qilganmiz deb xalqni aldaşdi, haqiqatdan ham xuddi şunaqa böldi”, deydi Şahzoda Muhammedova.

Şuningdek, u Alloh oldida ham, Qur’on uşlab qasam içişini aytgan.

“Alloh oldida ham, Qur’on uşlab qasam içaman, Marat Xayrullayeviç davlatdan ortiqça pul yeçmagan. Uyimizda hatto ortiqça pul ham turmagan”, deydi u. 

Bundan taşqari, aktrisa Jasur Azizovning yetarli darajada mol-mulki va imkoniyati borligini, xalqqa pulini yoki uyini qilib berişga qodir ekanini bildirgan.

“Xalqimga aytmoqçi bölgan gapim şuki, heç kim xavotir olmasin. Jasur Azizovning yetarli darajada mol-mulki va imkoniyatlari bor. Kim pulini olmoqçi bölsa pulini yoki uyini qilib berişga qodir. Uşbu holatlar yuzasidan ikkita ta’sisçining kelişmovçiligi sababli xalqimiz va jumladan men jabr köryapman va bu uçun xalqimdan çuqur uzrimni sörab qolaman”, deydi Marat Hamdamovning turmuş örtoği.

Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent şahar IIBB tergov boşqarmasi ofisi Sergeli tumanidagi Buyuk avlod şoh köçasida joylaşgan “Imarat Development” mas’uliyati çeklangan jamiyat rahbariyatiga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 192-11-moddasi (nodavlat tijorat taşkilotida yoki boşqa nodavlat taşkilotida mansabdor şaxslar tomonidan öz vakolatlarini suiiste’mol qiliş) bilan jinoyat işi qözğatgandi.

Keyinroq, “Imarat Development” quriliş loyihasi egasi Marat Hamdamov va Jasur Azizov Toşkent şahar IIBB tomonidan olib borilayotgan jinoyat işida gumonlanuvçi tariqasida jalb etilgani va Jinoyat-protsessual kodeksning 227-moddasi (suriştiruvçining, tergovçining yoki prokurorning qaroriga binoan uşlab turiş) tartibida uşlangani ma’lum böldi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing