18 ta ölim, sovuqda isimagan uylar, Ğarbning harbiy baza ilinji, umrbod qamoq va “Imarat”ning foş bölgan sirlari – Hafta tahlili

Tahlil

−

Reklama
0:00

9 noyabrdan Özbekistonda sovuq tuşadi, qor yoğişi kutilyapti. Ba’zi joylarda 1-2 darajagaça sovuq bölişi aytildi. Markaziy qozonxonalarga ulangan köp qavatli uylarga hali ham issiqlik energiyasi berilgani yöq. Odamlar beton uylarni isitiş uçun allaqaçon konditsioner va elektr isitgiçlardan foydalanyapti. Qurmağur “svet”ning narxini ham bilasiz. Yoqmay desangiz sovuq, bolalar bor, dorixonani qidirib qolasiz, dorilar ham otning kallasi. Yoqsangiz “sçetçik” tinmay aylanadi. Va nihoyat Toşkent şahar hokimi öşa sovuq tuşadigan kun – 9 noyabrdan maktab, boğça, şifoxona va boşqa muassasalarni isitişga ruxsat berdi. Şu kundan boşlab köp qavatli uylarni ham issiqlik ta’minotiga ulaş boşlanadi. Şu va boşqa muhim voqealar tafsiloti bilan Hafta va voqealari tahlilida tanişasiz. 

Bir haftada gazidan 18 kişi öldi

Har bahorda şu bölar takror deganlaridek, har qişda Özbekistonda odamlarning, ba’zan butun boşli oilaning is gazidan zaharlanib vafot etişi, yarim tunda öçirilib, qayta berilgan gaz, uyni isitiş uçun yoqilgan kömir sabab halok bölişi, kuz-qişdagi etni jukjuktirmaydigan holatga aylanib qoldi, afsuski. Faqat bular endi poytaxt Toşkentgaça yetib kelayotgani kişini öylantiradi. 

25 oktyabr kuni Farğona tumanining Çimyon qişloğida bir oiladan 7, şu kunning özida Toşkent şahrida 6, 1 noyabr kuni Qöqon şahrida 5 nafar – jami 18 kişi is gazidan zaharlanib vafot etdi. Ularning ölimiga Özbekistonga noqonuniy olib kirilgan va aslida utilizatsiyaga topşirilgan Germaniyaning Vaillant rusumidagi tabiiy gaz yordamida işlaydigan ikki konturli isitiş vositasi sabab bölgani aytilmoqda. 

Farğona  viloyati Favqulodda vaziyatlar boşqarmasiga köra, uşbu isitiş qozonlari xizmat vazifasini ötab bölgan, ya’ni ular Germaniyada işlatilib, utilizatsiyaga topşirilgan foydalanişga yaroqsiz eski uskunalar hisoblanadi. 

Uşbu isitiş qozonlari özining ajralmas qismi bölgan haqiqiy dudburonisiz olib kirilgan. Örniga esa yuqori harorat ta’sirida qattiqlik xususiyatini yöqotib, eriydigan kanalizatsiya uçun möljallangan polietilen quvurlar örnatilgan.

Özbekistonda har yili kuz-qiş mavsumida is gazi bilan zaharlaniş ortidan köplab odamlar halok böladi, biroq bu haqidagi ma’lumotlarning hammasi ham oşkor qilinmaydi. Masalan, 2026 yilning yanvar-oktyabr oylarida gaz ta’minoti bilan boğliq jami 52 ta baxtsiz hodisa yuz bergan va oqibatda 51 nafar fuqaro vafot etgan 67 nafari jarohat olgan.

AQŞ Markaziy Osiyoda harbiy baza quradimi? 

Sönggi paytlarda Ğarb mamlakatlari vakillari Markaziy Osiyo respublikalari rahbariyatiga öz hududlarida harbiy bazalarni joylaştiriş böyiça iltimoslar bilan tez-tez murojaat qilmoqda. Ular buni mintaqa mamlakatlarining Afğonistonga geografik jihatdan yaqinligi bilan boğlayapti. Bu haqda Kollektiv xavfsizlik şartnomasi taşkiloti Boş kotibi Taalatbek Masadikov joriy yilning 21 oktyabr kuni videoqönğiroq şaklidagi brifingda gapirgan bölsa-da, uning isi tugayotgan haftada çiqdi.

Diqqat qilsangiz, uning bu fikrlari aynan AQŞ Davlat kotibi Marko Rubioning 18-19 oktyabr kunlari Özbekistonga taşrifi, bu berda Markaziy Osiyoning 5 mamlakati Taşqi işlar vazirlari bilan C5+1 formatida muloqot ötkazişi atrofida yangraganini payqaysiz. 

Uning sözlariga köra, Markaziy Osiyo respublikalarining KXŞTga a’zo bölgan va a’zo bölmagan yetakçilari bunday iltimoslarga qat’iy rad javobini bermoqda. Jumladan, ular mintaqa içidagi kelişmovçiliklarni mustaqil ravişda yengib ötişga muvaffaq bölgani sababli ham şunday yöl tutyapti.

U Rossiyaning Qirğiziston va Tojikistondagi harbiy iştiroki uşbu respublikalardagi, şuningdek, umuman Markaziy Osiyodagi vaziyatga ijobiy ta’sir körsatayotganini qöşimça qilgan. Ikkala mamlakatda ham uşbu iştirok saqlanib qolmoqda va hokimiyat organlari bu tartibni qayta körib çiqiş niyatida emas.

“Mintaqa boşqa davlatlar kuçlarining iştirokidan manfaatdor emas. Ayniqsa, Markaziy Osiyoning ba’zi respublikalari, jumladan, Qirğiziston Ğarb harbiylarini joylaştiriş tajribasiga ega bölgani va unga qaytişga tayyor emasligi sababli. Işonçim komilki, Markaziy Osiyo davlatlari yetakçilarining siyosiy irodasi va donoligi masalalarni tinç yöl bilan va yetarliça tez hal etişga hamda paydo böladigan çaqiriqlarga, agar şundaylari yuzaga kelsa, javob berişga imkon beradi”, deydi KXŞT rahbari.

Hozirda Markaziy Osiyoda eng yirik va doimiy harbiy iştirokka ega bölgan mamlakat – Rossiya. Tojikistonda Rossiyaning mamlakat taşqarisidagi eng yirik harbiy ob’ekti — 201-harbiy bazasi joylaşgan. Bundan taşqari, mamlakatda Rossiya kosmik qöşinlariga tegişli “Okno” optik-elektron nazorat tizimi bor. Qirğizistonda esa Rossiyaning Kant şahridagi birlaşgan aviabazasi mavjud, u KXŞT Tezkor javob qaytariş kuçlarining havo komponentlarini ta’minlaydi. Şuningdek, Qozoğistonda Rossiya Federatsiyasi ijaraga olgan “Boyqönğir” kosmodromi va “Sari-Şagan” raketaga qarşi mudofaa poligoni işlayapti.

Mintaqada Ğarbning birorta mamlakati yo tuzilmasiga oid harbiy ob’ekt yoki armiya yöq. Birinçi ma’muriyat davrida Özbekiston janubidagi Xonobod aerodromidan 2001 yil oktyabridan 2005 yil noyabrigaça AQŞ havo bazasi sifatida foydalanilgan. Amerikaning ilk samolyotlari 2001 yilning 11 sentyabridagi xurujlaridan bir oy ötib, Özbekiston janubiga qöngan. Aerobaza “Al-Qoida” va qöşni Afğonistonda joylaşgan “Tolibon” kuçlarini nişonga oliş kampaniyasida AQŞ kuçlari uçun logistika markazi bölib xizmat qilgan. 2005 yil may oyida yuz bergan Andijon voqealaridan keyin Özbekiston hukumati amerikaliklardan Xonobodni tark etişni talab qilgan.

Özbekiston heç qanday harbiy-siyosiy bloklar yoki ittifoqlarga a’zo emas. Bu mamlakat Mudofaa doktrinasining asosiy prinsipi. Qurolli Kuçlar mamlakat taşqarisidagi harbiy amaliyotlarda yoki tinçlik örnatiş missiyalarida iştirok etmaydi.

2 yarim yaşar qizini zörlagan ota umrbodga qamaldi

Toşkent viloyatining Yangiyöl şahrida 24 yoşdagi xotinini öldirib, 2,5 yaşar qiziga jinsiy zöravonlik qilgan va uning ham umriga zomin bölgan erkak umrbod qamaldi. 

Hodisa joriy yilning 7 iyun kuni sodir bölgan. Erkak mast holatda turmuş örtoği yaşab kelgan xonadonga borib, xotinining boş sohasiga bir marta qöli bilan urib, böğib öldirgan. Keyin esa janjal ovozidan uyğongan qizini yotoqxonaga olib kirgan va zörlik işlatib, özining jinsiy ehtiyojini qondirgan. U öz jirkanç jinoyatini hamda murdani yaşiriş maqsadida qizining jasadini sumkaga joylab, otasining uyiga olib borib, hojatxona örasiga taşlab yuborgan. 28 yoşli sudlanuvçi ayblovlarni tan olmagan. Sud iş böyiça töplangan dalillarni baholab, uni turmuş örtoği va qizining ölimida aybli deb topgan. Hukm bilan erkakka jinoyatlar majmui böyiça uzil-kesil umrbod ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan. Jazoni maxsus tartibli koloniyalarda ötaş belgilangan.

Qaşqadaryoning Ğuzor tumanida ham ayol va uning tört nafar voyaga yetmagan farzandi ustiga benzin sepib, yoqib yuborgan erkak umrbod qamaldi. 

Holat joriy yilning 15 may kuni sodir bölgan. Erkak tunda ayolning uyiga borib, u bilan janjallaşgan. Söng özi bilan olib kelgan 5 litrli idişdagi benzinni yopiq xonada bölgan ayol va uning tört nafar voyaga yetmagan farzandi ustiga sepib, ularni öta şafqatsizlik bilan tiriklayin yoqib yuborgan.

Ma’lum qilinişiça, körsatilgan tez yordam va tibbiy muolajalar natijasida ayol va uning ikki nafar farzandining hayoti saqlab qolingan. 6 yaşar öğli va 11 yaşar qizi vafot etgan. Jinoyat işlari böyiça Qamaşi tuman sudi hukmi bilan ayblanuvçi Jinoyat kodeksining 25,97-moddasi (qasddan odam öldiriş) 2-qismining “a”, “v”, “d”, “j” bandlari hamda 173-moddasi (mulkni qasddan nobud qiliş yoki unga zarar yetkaziş) 2-qismining “b” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilgan. Unga umrbod ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.

Tarğibotmi yo tartibot?

Özbekistonda içki işlar xodimlari tomonidan tinimsiz tarğib qilinib, yöldan ötgan piyoda bormi yoki haydovçi, telefoniga örnatib olişi tavsiya, ba’zi joylarda kerak bölsa, talab qilinayotgan APK qöriqçi ilovasi haqida eşitdingizmi? Balki, ba’zilaringiz uni örnatib oliş böyiça tarğibotga köçalarda duç kelgandirsiz ham.

Özbekiston içki işlar vazirligiga köra, android tizimida işlovçi uşbu dastur telegram yoki internetdan yuklab olingan, masofadan boşqariş yoki ma’lumot öğirlaş xavfi bölgan .apk fayllarni va örnatilayotgan dasturlarni tekşiradi. Telefondagi ayğoqçilik (spyware) yoki ruxsatsiz şaxsiy ma’lumot yiğuvçi şubhali dasturlarni tutib, ular haqida foydalanuvçiga ogohlantiriş beradi. Mobil bank ilovalari, şaxsiy yozişmalar va bank kartalari ma’lumotlarining öğirlanişi oldini olişga kömaklaşadi. Ammo bu hali tahlillar va raqamlar bilan öz isbotini topganmagan. 

Play Market’ga uşbu dastur joriy yilning aprel oyida joylaştirilgan va uning muallifi sifatida Içki işlar vazirligi körsatilgan. Hozirgaça uning dasturiy ta’minoti, xavfsizligi, serverlarining joylaşuvi, ma’lumotlar saqlanişining daxlsizligi masalalarida aniq xulosalar mavjud emas. 

Ahamiyatli jihati şundaki, dastur faqat android operatsion tizimida işlaydigan telefonlarga möljallangan. 

Özbekistonning bir neçta oliy ta’lim muassasalarida esa talabalardan boşqa bir ilova – “Xavfsiz talaba”ni örnatiş talab qilinayotgani, ayrim hollarda bunga rozi bölmaganlar darslarga kiritilmayotgani aytilmoqda. Toşkent davlat yuridik universiteti talabalaridan biri hozirça ilovani örnatiş majburiy qilinmaganini, biroq ma’muriyat tomonidan uni yuklab oliş söralayotganini bildirgan. Boşqa bir talaba esa universitetda ilovani örnatmaganlar röyxati şakllantirilişi va ularga tanbeh berilişi haqida gap-sözlar tarqalayotganini yozgan.

Özbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalaridan biri esa ertalabdan talabalar universitet kiriş joyida töxtatilib, ilovani örnatişga majburlanayotganini ma’lum qilgan. Uning yozişiça, ilovani örnatiş jarayonida ayrim talabalar darsga keçikkan va ularga davomat böyiça “NB” qöyilgan. Şuningdek, dars vaqtida dekan, dekan örinbosarlari va tyutorlar auditoriyaga kirib, ilovani örnatmagan talabalarni turişga majbur qilayotgani, rad javobini berganlarga tanbeh berilayotgani aytilgan.

Bundan taşqari, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabasi ikki haftadan beri universitet kiriş joyida talabalar turli APK ilovalarini örnatişga undayotganini yozgan. Uning bildirişiça, avval ham “Xavfsiz talaba” ilovasini örnatiş talabi qöyilgan.

Talabalar murojaatlarida ilovaning maqsadi va uni örnatiş zarurati yetarliça tuşuntirilmayotgani, xavfsizlikni ta’minlaş istagi talabalarni majburlaş orqali emas, tuşuntiriş işlari bilan amalga oşirilişi kerakligi ta’kidlangan.

Mazkur holat yuzasidan Ta’lim va ilm-fan vazirligi rasmiy munosabat bildirdi. Vazirlik rahbariyati uşbu masalani tezkor örganiş böyiça körsatma bergan. Ayni paytda işçi guruh holatni örganişni boşlagan. Ta’lim jarayonining uzluksizligi va talabalarning ta’lim oliş huquqi ta’minlanişi şartligini ma’lum qilgan.

Keskin noroziliklar fonida avvaliga Jahon tillari universiteti Tarjimonlik fakulteti dekani Uluğbek Yöldoşev işdan olindi. 6 noyabr kuni Ta’lim va ilm-fan vaziri Erkinjon Turdimov ötkazgan yiğilişda esa Özbekistondagi 5 ta OTM, jumladan Özbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilhomjon Töxtasinov va Samarqand davlat çet tillari instituti rektori Bahodir Holiqov lavozimidan ozod etilgan.

Jahon tillari universiteti rektorining işdan olinişi “Xavfsiz talaba” ilovasi bilan boğliq mojaro tufayli yuz bergani aytilmoqda. Şu örinda savol tuğiladi: bu dasturlani talabalarning telefonlariga örnatiş taklifi dekan yo rektorlardan çiqmagandir?! Öşa dasturlarni rektorning öğli yo dekanning jiyani işlab çiqmagandir?! Respublikaning bir neça OTMlarida ommatan berilgan topşiriq asosida birniki mingga, mingniki tumanga qabilida ketayotgan işlarga nega rektorlar qurbon qilinişi kerak. Bu topşiriqni berganlar, rektorlarni bunga undaganlar panada qolaveradimi? 

Boş prokuraturaning QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qilişiça, “Xavfsiz talaba” platformasi Boş prokuraturaning bevosita axborot tizimi hisoblanmaydi. Olmazor tumani Boş prokuraturaga biriktirilganidan söng, tumanning kriminogen vaziyatini yaxşilaş, şuningdek, hududda 6 ta oliy ta’lim muassasasi va 41 ta talabalar turar joyi mavjudligini inobatga olgan holda, Ta’lim va ilm-fan vazirligi, “Özinfokom” davlat korxonasi hamda boşqa idoralar hamkorligida tajriba tariqasida “Talabalar vaziyatlar markazi”ni taşkil etiş belgilangan va mazkur vazifa amalga oşirilgan.

Vaziyatlar markazining asosiy maqsadi talabalar uçun xavfsiz ta’lim oliş va talabalar turar joylarida yaşaş şaroitlarini yaratiş, şuningdek, ularning ta’lim muassasalari vakillari, huquqni muhofaza qiluvçi organlar, davlat idoralari va vazirliklarga tezkor va qulay tarzda murojaat qiliş imkoniyatlarini ta’minlaşdan iborat. Şu maqsadda “Xavfsiz talaba” mobil ilovasi işlab çiqilib, Vaziyatlar markaziga integratsiya qilingan.

“Boş prokuraturaning mazkur yönalişdagi asosiy vazifasi vazirlik, oliy ta’lim muassasalari rahbariyati, tyutorlar, talabalar va pedagog xodimlar uçun qulaylik yaratiş, şuningdek, bir neça yildan buyon talabalar foydalanib kelayotgan Oliy ta’lim vazirligining HEMIS axborot tizimi, huquqni muhofaza qiluvçi organlar hamda boşqa davlat idoralari va vazirliklarning elektron tizimlarini talabalar xavfsizligini ta’minlaş maqsadida yagona tizimga integratsiya qilişdan iborat böldi. Natijada “Xavfsiz talaba” platformasi yaratildi”, deyiladi Boş prokuratura izohida.

Prokuratura bayonotida aytilişiça, Prezidentning joriy yil 11 sentyabr kuni Olmazor tumaniga qilgan taşrifi davomida mazkur tizim taqdimoti ötkazilgan. Tizimni tajriba tariqasida dastlab Toşkent şahridagi barça oliy ta’lim muassasalarida, keyinçalik esa respublika miqyosidagi oliy ta’lim muassasalarida joriy etiş böyiça topşiriq berilgan.

“Alohida ta’kidlaş lozimki, talabalarning mazkur mobil ilovaga ulanişi majburiy hisoblanmaydi. Boş prokuratura tomonidan olib borilayotgan tarğibot işlari platformaning qulayliklari va imkoniyatlarini tuşuntiriş, talabalar hamda ta’lim muassasalari vakillarida undan foydalanişga qiziqiş uyğotişga qaratilgan. Boş prokuratura va quyi tizimlari tomonidan talabalarni mazkur platformaga majburiy tarzda ulaş yoki platformaga ulanmagan talabalarni dars maşğulotlariga kiritmaslik böyiça biron-bir mas’ul şaxsga yoki oliy ta’lim muassasasi vakiliga topşiriq berilmagan”, deyiladi izohda.

Şaxsiy xavfsizlik, birinçi navbatda odamlarning öziga kerak. Ammo, buni ularga kuç, talab va va boşqa daxl qiluvçi vositalar bilan tuşuntirib bölmaydi. Axir qanday qilib bir odamga xavfsizligi uçun şaroit yaratiş istagingizni boşqaça xavf uslubi bilan tuşuntiriş mumkin? Ijtimoiy tarmoqdagi bahslarda aytilişiça, tarğibotning nomi tartibotga aylanmasligi kerak. Bugungaça odamlar bunday dasturlarning köpidan sinovdan ötdi. Yoki Humans kabi dasturlarni eslaylik, bir keçada qança odam xonavayron böldi. Dasturni majburiy-ixtiyoriy örnatişni taşkil etişdan avval, şaxsga doir ma’lumotlarning daxlsizligi, öşa dasturlarning öziga odamlar çuv tuşmasligi va mamlakatning axborot texnologiyalari sohasidagi yutuqlari köz-köz qilinişi, qiziqiş uyğotilişi kerakmasmi? 

Masalan, Özbekistonda APK qöriqçi va “Xavfsiz talaba” ilovalariga ommaviy ulaş işlari taşkil qilinayotgan va norozilik kayfiyati kuçaygan şu haftada ijtimoiy tarmoqlarda özini “Butterfly Team” deb taniştirgan hakerlar guruhi 27 mln özbekistonlikning şaxsiy ma’lumotlarini qölga kiritgani haqida xabarlar tarqaldi.

“Oxirgi kunlarda xakerlar atakalari böyiça dunyoda juda köp yangiliklar çiqmoqda. Masalan, Binance birjasidan 6 mlrd dollardan ortiq mablağlar öğirlangani tasdiqlandi. SIdan sörasa yana köplab misollar beradi. Yaqinda 27 mln ma’lumot çiqib ketdi deb şov-şuv qilgan “Butterfly Team” ham maqsadi aynan şu masalaga e’tibor qaratiş bölganligini özida ham yozib çiqibdi. Lekin hozir tarqalmadi degani, zudlik bilan çoralar körilmasa, ertaga bunday holat bölmasligiga kafolat degani emas!” deb yozdi Raqamli texnologiyalar vaziri  Şerzod Şermatov özining Telegram-kanalida.

Özini “Butterfly Team” deya taniştirgan “oq” hakerlar jamiyati destruktiv maqsadlarni közlamasligini, özlarining maqsadi mamlakatdagi kiberxavfsizlik darajasi eng yuqori bosqiçga çiqişiga erişiş va bunga yordam berişga tayyor ekanini ma’lum qilgan.

“Kuni keça tarmoqda tarqalgan narsa — bu şunçaki bir belgi va qat’iy ogohlantiriş edi. Biz tomonimizdan heç qanday haqiqiy ma’lumotlar sizib çiqarilişi yoki zararli buzib kiriş amalga oşirilgani yöq, vaholanki buning uçun texnik imkoniyat mavjud edi”, deyiladi bayonotda.

Nilufar Hamidova qamaldi

Behayo çiqişlari ortidan jamoatçilik e’tirozlariga sabab bölgan 48 yaşar Nilufar Hamidova qamaldi.

5 noyabr kuni Jinoyat işlari böyiça Yunusobod tumani sudida ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab Nilufar Hamidovaga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik işi körib çiqilgan. Sudning qaroriga köra, U  MJtKning 183-moddasi (mayda bezorilik) bilan aybdor deb topilib, unga şu modda bilan 7 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi. 

U ijtimoiy tarmoqlarda özining oçiq liboslari va harakatlari bilan e’tirozlarga sabab bölib kelgan. Izohlarda esa köpçilik foydalanuvçilar unga berilgan 7 kunlik ma’muriy qamoq jazosi kam ekanini yozmoqda. 

Şahzoda Muhammedova “Imarat”sirlarini oçdi

Ayni vaqtda özbekistonliklarning e’tibori aktrisa Şahzoda Muhammedovaning oilasi, eri, ular reklama qilgan va özinikiligini bot-bot aytib kelgan “Imarat Development” kompaniyasiga qaratilgan. Ötgan oy oxirida “Imarat”ning “Imtiyaz”ga aylanişi ortidan xonadonlarga tölov qilganlarning janjal kötarişi ijtimoiy tarmoqlarni larzaga keltirgan edi. Aslida “Imarat” tevaragida bunday voqealar birinçi marta bölayotgani yöq. Avvalgi holatlarda buni duşmanlari, raqobatçilari tomonidan uyuştirilayotganini aytib kelgan Hamdamovning özi bu safar kompaniya içida içki kelişmovçilik çiqqani va hatto özi ham işga borolmayotganini aytib çiqqandi. 

Xullas, tarmoqdagi bahs va e’tirozlar, sotuv ofisidagi jaljal va odamlarning töplanişi ortidan Marat Hamdamov va uning şerigi ekani aytilayotgan Jasur Azizov qölga olindi. 

Jinoyat işlari böyiça Mirobod tuman sudi “Imarat Development” quriliş loyihasi rahbari Marat Hamdamovga “qamoq” ehtiyot çorasi qöllaş haqida ajrim çiqardi.

Ayni vaqtda Toşkent şahar IIBB tomonidan “Imarat Development” mas’uliyati çeklangan jamiyat rahbariyatiga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 192-11-moddasi (nodavlat tijorat taşkilotida yoki boşqa nodavlat taşkilotida mansabdor şaxslar tomonidan öz vakolatlarini suiiste’mol qiliş) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Tergov harakatlari Toşkent şahar IIBB boşliği va prokuratura nazoratiga olingan.

Voqealar avjiga çiqqanda esa Marat Hamadovning turmuş örtoği, aktrisa Şahzoda Muhammedova ham ijtimoiy tarmoqlar orqali videomurojaat bilan çiqib, hamma sirlarni oşkor qilişini, Toşkentdagi kvartirasidan boşqa heç narsasi yöqligi, kompaniyada faqat reklama yuzi sifatida iştiroki bölgani, barça işlar Jasur Azizov tomonidan olib borilgani, Dubaydagi uyi va avtomobili ham öz nomida emasligini oçiqladi. 

Uning sözlariga köra, turmuş örtoği unga voqealarga oid barça dalil va hujjatlarni qoldirgan. Muhammedova Jasur Azizov moliyaçisi Hilola va boşqa hamkorlari bilan birgalikda kompaniya hisoblariga kelib tuşgan mablağlarni öz qarindoşlarining hisob raqamlariga ötkazib kelganini da’vo qildi. Şuningdek, yuzaga kelgan vaziyatdan oddiy xaridorlar qançalik zarar körgan bölsa, ularning oilasi ham şunçalik jabr körganini aytadi.

Muhammedova Marat Hamdamov va uning özi kompaniya mablağlarini özlaştirib, xorijga çiqib ketiş niyatida bölgani haqidagi gaplarni ham rad etdi. U Jasur Azizovning Dubaydan Germaniyaga uçib ketayotgan vaqtida Interpol orqali Özbekistonga olib kelinganiga ham e’tibor qaratdi.

Uning yana bir da’vosiga köra, Jasur Azizov bir neça bor Marat Hamdamovga kompaniya nomini özgartiriş va şu orqali davlatdan kredit oliş taklifini bildirgan. Aktrisa bu haqdagi suhbatlar yozib olingan audioyozuvlar ham mavjudligini aytdi.
 


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing